Parij hujumchisi kameralarga tushgan

Image copyright Reuters

Parijdagi 13 noyabr hujumlariga aloqadorlikda ko‘rilib qidirilayotgan Salah Abdeslamning nazorat kameralari orqali yozib olingan suratlari oshkor qilindi.

Hujumning ertasiga, ya‘ni 14 noyabr tongida Abdeslam Frantsiyadagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan biridagi kameralarga tushib qolgan. Videoda u qo‘llarini cho‘ntaklariga tiqqan holda, aftidan, ancha xotirjam ko‘rinadi.

Politsiyadagi ma‘lumotga ko‘ra, 14 noyabr tongida Abdeslam Parijdan o‘z do‘stlari Muhammad Amri va Hamza Atuga telefon qilgan va uni Belgiyaga olib chiqib ketishlarini so‘ragan.

Parijdan Bryusselga yo‘l olganlarida uchovlon Belgiya chegarasiga 15 daqiqalik masofadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida to‘xtaganlar va kameralar nazoratiga tushganlar.

Bungacha ularning mashinasi allaqachon uchta politsiya to‘siqlaridan o‘tishga muvaffaq bo‘lgan, chunki hali Parij fojeasi va Abdeslam o‘rtasidagi aloqa aniqlanmagandi.

Keyinroq frantsuz xavfsizlik xodimlari Abdeslam 13 noyabr hujumchilarining amallarini muvofiqlashtirgani, uning akasi Brahim esa o‘zini Volter ko‘chasida portlatib yuborganlardan biri bo‘lganini aniqlashgan.

Parijdagi terroristik hujumlarda 130 odam halok bo‘lgan.

Politsiya ma‘lum qilishicha, Amri va Atu Abdeslamni Bryusselning chekkasidagi mavzelardan biriga tashlab ketishgan. Ularning o‘zlari bir kun o‘tib hibsga olinganlar va hozirda terrorchilikda ayblanib mahkamani kutishmoqda. Abdeslamning o‘zini topish harakatlari hozircha unumsiz bo‘lgan.

Parij hujumlari tergovi Belgiyaga kelib taqalgan. Xavfsizlik xodimlariga ko‘ra, fitnaning bir qismi aynan Belgiyada rejalangan. Belgiya politsiyasi bu ish bo‘yicha allaqachon 10 kishini hibsga olgan.

Belgiyalik jihodchilar guruhining lideri hisoblanmish 27 yoshli Abdelhamid Abaud hujumlardan bir necha kun o‘tib Parijdagi xonadonga o‘tkazilgan reyd chog‘ida o‘z amakivachchasi bilan birga o‘lgandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio