Rossiyadan biometrik pasportsiz chiqib bo‘lmaydi

Image copyright RIA Novosti

O‘zbekiston havo yo‘llari o‘z websaytida ma‘lum qilishicha, Rossiyadan chiqishga urinayotgan O‘zbekiston fuqarolariga faqat biomertrik pasport asosida chipta sotiladi.

"Ma‘lum qilamizki, 2016 yil 1 yanvaridan Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti asos bo‘ladi", deb yozilgan websaytda.

Rossiya Federatsiyasi chegara xizmati ham bu jarayonga jalb qilingan.

Saytda aytilishicha, Rossiya chegara xizmatlari "eski pasport"i bo‘lgan o‘zbekistonliklarga aeroportlar, dengiz portlari, temir yo‘llar yoki avtomobillarda Rossiya hududini tark etishga ruxsat bermaydi.

"Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Rossiya chegarasini "eski nusxadagi" pasport bilan kesib o‘tishga urinsa, u reysdan chiqarib olinadi va unga jarima solinadi", deyiladi O‘zbekiston havo yo‘llari saytida.

Saytda bildirilishicha, Rossiya Federatsiyasi hududidan O‘zbekiston havo yo‘llari reyslariga chipta sotish faqat biometrik pasportlar asosida amalga oshiriladi, hamda "eski nusxadagi" pasportlarga chipta sotish man etiladi.

Xabarlarga ko‘ra, bu holat Rossiyadan vatanga qaytishni rejalagan ko‘plab o‘zbekistonliklarni sarson qilmoqda.

Rossiyaning turli burchaklarida millionlab o‘zbekistonliklar mehnat qiladi. Ular biometrik pasportlarini yoki pasport o‘rniga vaqtincha beriladigan sertifikatlarni faqat Moskva va Novosibirskdagi O‘zbekiston konsulliklarida olishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi saytida biometrik pasporti bo‘lmagan fuqarolarning Rossiyadan chiqarilmasligi borasida biron ma‘lumot yo‘q.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio