Istanbuldagi hujumda "bir necha kishi o‘lgan"

Image copyright Reuters

Istanbulning sayyohlarga gavjum bo‘ladigan tarixiy Sultonahmat tumanida yuz bergan portlash kamida 10 kishini nobud qilgan.

Sultonahmat masjidi yonida portlagan bombada jarohat olganlar orasida xorijiy sayyohlar ham borligi aytiladi.

Istanbul hokimiyati websaytidagi ma‘lumotga ko‘ra, 15 kishi yaralangan.

Ba‘zi xabarlar portlashga hudkush hujumchi sabab bo‘lganiga ishora qilmoqda.

Politsiya hodisa maydonini o‘rab olgan, rasmiy idoralar aynan qanday portlovchi modda ishlatilganini tergov qilishmoqda.

Image copyright Reuters

Germaniya matbuotidagi xabarlarda portlashda nemis sayyohlar qurbon bo‘lganini Germaniya tashqi ishlar vazirligi tergov qilayotgani aytiladi.

Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, germaniyalik sayyohlarga katta olomonlardan o‘zlarini yiroqda tutishlarini maslahat bergan va Turkiya bo‘ylab yana qonli to‘qnashuvlar, hamda "terror hujumlari" kutilayotganini aytgan.

BBCning Istanbuldagi muxbiri Mark Louenning xabar qilishicha, o‘tgan bir necha oy ichida Istanbulda o‘ta-chap qanot guruh tomonidan onda-sonda hujumlar amalga oshirilgan, va ayni damda Turkiya janubi-sharqida hukumat qo‘shinlari va PKK kurd jangarilari orasida zo‘ravonlik kuchaygan.

Turkiyada amalga oshirilgan ba‘zi hujumlarda Islomiy Davlat guruhi ayblangan, ammo ID hech qachon mas‘uliyatni o‘z bo‘yniga olmagan.

Oktyabr oyida poytaxt Anqarada yuz bergan ikki suiqasd hujumida kamida 100 kishi halok bo‘lgan, iyul oyida Suriya bilan chegaraga yaqin hududda qilingan hujum esa 30 odamni o‘ldirgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio