Turkiyada uch rossiyalik qo‘lga olindi

Image copyright Getty
Image caption Xabarlarga ko‘ra, rossiyaliklarning seshanba kungi portlashga aloqasi bo‘lishi mumkin

Turkiyada uch nafar rossiyalik "Islomiy davlat" ekstremistik guruhiga a‘zolikda gumon qilinib, qo‘lga olingan.

Rossiyaning Antaliya shahridagi konsulligi ushbu xabarni tasdiqlagan.

Dogan News xabar agentligiga ko‘ra, qo‘lga olingan Rossiya fuqarolari seshanba kuni Istanbulda yuz bergan portlashga aloqador bo‘lishlari mumkin.

Agentlik xabarida aytilishicha, rossiyaliklar yashab kelgan manzilda IShIDga aloqador ko‘plab hujjat va kompakt-disklar qo‘lga kiritilgan.

Istanbulning sayyohlar orasida mashhur "Sultonahmat" maydonida yuz bergan portlashda asosan olmoniyalik 10 kishi halok bo‘lgan.

Turkiya rasmiylari portlash suriyalik hudkush hujumchi tarafidan sodir etilganini aytishgan.

Olmoniya Tashqi ishlar vazirligi sayyohlarga odamlar to‘plangan joydan o‘zlarini yiroqda tutishlarini maslahat bergan va Turkiya bo‘ylab yana qonli to‘qnashuvlar, hamda " terror hujumlari" kutilayotganini aytgan.

O‘tgan yil oktyabrida poytaxt Anqarada yuz bergan ikki suiqasd hujumida kamida 100 kishi halok bo‘lgan, iyul oyida Suriya bilan chegaraga yaqin hududda qilingan hujum esa 30 odamni o‘ldirgan.

O‘tgan yili Turkiya Suriyadagi IShIDga qarshi harbiy amaliyotlarni kuchaytirgan, jumladan, IShID mavqe‘larini havodan hujumga tutgan.

Anqara shuningdek, AQSh harbiylarining Injirlikdagi havo bazasidan foydalanishiga ruxsat bergan edi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio