Erkak va ayol... Uchinchi jins ham bormi?

Image copyright iStock

So‘nggi vaqtlar tobora ko‘proq odamlar o‘zlarini erkak va yoki ayol deya taqdim etishdan bosh tortayotganliklari kuzatilmoqda.

Olmoniya, Avstriya, Nepal va Pokistonda rasmiy hujjatlarda allaqachon "uchinchi jins" sifatida qayd etishga qonunan ruxsat berilgan.

Shunday ekan, aslida ikki jinsdan iborat deya ko‘rilgan insoniyat haqidagi tasavvurlar ham o‘zgarishi kerakmi?

Brin Biksbi: Jins madaniy chegaradir

Brin Biksbi butun umri erkak, deya "ko‘rilgan". U hatto uylanib, to‘rt farzandli ham bo‘lgan. Keyinchalik o‘zini na u va na bu jinsga tegishli ekanligini bildirgan.

"Maktabdagi davrimizda turfa bayramlarda qizlarning ko‘ylagini kiyib, hazillashardik. Lekin men hazillashish emas, ayol bo‘lishni istardim. Menimcha ko‘plar uchun bu kutilmagan holat edi", deydi Brin.

"Bizning tasavvurimizda erkak yoda ayol qanday bo‘lishi kerakligi qattiq mixlangan. Bu qarash ikki qutb kabi biri biriga zid. Lekin mening jinsiy o‘zligim o‘zgaruvchandir".

"Qayerga bormay o‘zimni ayolman deb taqdim qilaman. Faqatgina ishda va bolalarim maktabida buni aytmayman, chunki jins o‘zgaruvchanligi masalasini tushuntirish o‘ta holdan toydiradigan ish. Aslida biz jinsni madaniyatdagi qarashlarning markaziga qo‘ymaslikni afzal bilardik. Ya‘ni, insonlar o‘zlarini qanday his qilishlaridan kelib chiqqan holda kim ekanliklarini tanlash erkinligiga ega bo‘lishsa edi".

Image caption Brin Biksbi: Jins madaniy chegaradir

Mark Gevisser: Jins o‘zgaruvchanligini qabul qiling

Yozuvchi Mark Gevisser turli madaniyatlarda jinslar masalasini o‘rganadi.

"O‘g‘il bolaga o‘xshash qiz yoki muloyimgina o‘g‘il bolalarni har yerda uchratasiz. Jahon bo‘ylab qator madaniyatlarda uchinchi jins tushunchasi yoki mavhum jins tushunchasi borligiga guvoh bo‘lasiz. Masalan, Hindistonda hijralar bor, Lotin Amerikasi yerlik qabilalarida "ikki ruhli odamlar" bor. Bu insonlar uchun jamiyatda mavjud bo‘lgan o‘rin G‘arb va nasroniy madaniyatining kengayishi bilan kichrayib ketgan".

"Jins terapiyasi bo‘yicha mutaxassis Dianning aytishicha, o‘zini qiz boladek tutuvchi o‘g‘lingiz bo‘lsa uni shifokorga olib borib, "bu qizmi, o‘g‘ilmi aniqlab bering" deb so‘ragandan ko‘ra, jamiyat uni "bolaga o‘xshagan qiz" yoki "qiz bolaga o‘xshagan yigit", deb qabul qilsa yaxshi emasmi?"

Dianning aytishicha, "jins aralashmasi" iborasini u o‘z huzuriga kelgan bir shaxsdan olgan. O‘sha shaxs "men qiz yoki o‘g‘il bola emasman, men aralashmaman" deb aytgan ekan.

Doktor Imran Mushtaq: Shifokorlar jins murakkab tushuncha ekanligini tan olishmoqda

Doktor Imran Mushtaqning aytishicha ham, jins anchayin murakkab tushuncha ekanligini tan olayotganlar safi kengaymoqda.

U Londondagi mashhur bolalar shifoxonasi Great Ormond Street Hospital da mutaxassis.

O‘rtacha har 1500 boladan 1 tasi ikkala jinsga tegishli jinsiy alomatlar bilan tug‘iladi.

"Jins bu qat‘iy, aniq-tiniq va ikki qutbli emas, ko‘p qirrali tushunchadir. Va biz asta sekin buni anglab yetmoqdamiz".

Image copyright iStock
Image caption Jinsni belgilashda jarrohlik amaliyoti kabi qadamlardan uzoqlashish kuzatilmoqda

"Bolaning xromosomalari XX, ya‘ni ayolga taaluqli bo‘lishi, lekin tashqi jinsiy organlari o‘g‘il bolaniki bo‘lishi mumkin. 10 yoki 20 yil avval bu kabi holatda tug‘ilgan bolani albatta jarrohlik amaliyoti orqali o‘g‘il yoki qiz qilish kerak degan maslala ko‘ndalang turardi. Jarroh sifatida men bu kabi ortga qaytarib bo‘lmaydigan amaliyotni o‘tkazishda o‘zimni noqulay his qilaman".

"Biz bilamizki, 10-20 yil avval bu kabi yo‘lda qilgan amaliyotlarmiz biz kutgan natijani bermagan holatlar bor. Hozir boshqa bir bosqich ketmoqda, 10-20 yildan keyin bu kabi amaliyot qilmaslikning natijasi nima bo‘lishi aniqlanadi. Jinsga kelganda qat‘iy qarashlarga ega bo‘lishimiz kerak, deb o‘ylamayman. Tug‘ilganlik guvohnomasi va hatto pasportda jins ko‘rsatilishi kerak degan fikrdan ham uzoqman…"

Tamara Adrian: Jinslar mavhum bo‘lgan jahon tomon yurishimiz zurur

Tamara Adrian Venesuelada jinsini o‘zgartirgan ilk kongress a‘zosi. Lekin mamlakatda 1998 yildan beri jinsni rasman o‘zgartirishga qonun izn bermagani sababli, u erkak ismi ostida qasamyod keltirgan.

"Menimcha, uchinchi jins tushunchasi kelajak uchun yechim bo‘lishi kerak. O‘shanda Nepal va Hindistondagi aralash jins insonlarni qonunan qayd qilish imkoni paydo bo‘ladi. Avstraliyada allaqachon insonlarni ayol yoki erkak deb rasman belgilash to‘xtatilgan. Bu ilk qadam, lekin ularga nikoh qurish huquqi berilmaydi. Lekin baribir kelajakda haftaning bir kuni ishga kostyumda kelib, boshqa kunlari baland poshna, ko‘ylak kiyib keluvchi insonni ko‘rish imkoniyati tomon kichik qadamdir".

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio