"Tojikiston ochlikka yuz tutayotgan davlat"

Oziq-ovqat siyosatini o‘rganuvchi xalqaro tadqiqot markazi IFPRI Tojikistonni sobiq Sho‘rolar ittifoqi hududida ochlikka eng ko‘p yuz tutayotgan mamlakat, deya bildirgan.

Ushbu markaz reytingiga ko‘ra, Tojikiston aholisining 33 foizi ochlikdan aziyat chekmoqda.

Tojikistondagi iqtisodiy sharoitning keskin yomonlashgani sabablarini mutaxassislar mehnat muhojirlarining uyga jo‘natayotgan pullari miqdorining tushib ketgani bilan izohlamoqdalar.

Bu esa o‘z navbatida Rossiyadagi iqtisodiy inqiroz va G‘arb tomonidan kiritilgan jazo choralari bilan bog‘lanmoqda.

Tojikiston Milliy Banki ma‘lumotlariga ko‘ra, 2015 yili mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari undan avvalgi yilga qaraganda 40 foiz kamaygan.

Rossiyada qancha tojikistonlik mehnat muhojiri borligi ma‘lum emas. Rasmiy Dushanbe ularning sonini 500 ming, deya taqdim etadi. Lekin norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, ularning soni 1.5 millionga qadar.

Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyadan jo‘natiladigan pullar evaziga Tojikistonda bir millionga yaqin odam kun kechiradi.

Yaqin-yaqinlargacha mehnat muhojirlari yuborgan mablag‘ yiliga 3 milliard dollarni tashkil etib, mamlakat Yalpi Ichki mahsulotining 40 foizini tashkil etardi.

Bu mablag‘larni tojikistonliklar kundalik oziq-ovqat va kiyim kechak sotib olishdan tortib, uy qurish va to‘y ma‘rakalarini o‘tkazish kabi maqsadlarda sarflaydilar.

Ko‘plab tojikistonliklar va ayniqsa qishloq yerlarida yashaydigan oilalar uchun mehnat muhojirlari yuboradigan pullar yagona daromad manbaidir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio