Poroshenko: "Bu yil Donbassni qaytarib olamiz"

Image copyright AFP

Ukraina Prezidenti Pyotr Poroshenkoning aytishicha, Donbass ustidan nazoratni tiklash bu yil uning hukumati uchun eng asosiy vazifalardan biri bo‘ladi.

"2016 yilda biz Donetsk va Lugansk viloyatlarida ishg‘ol ostida qolayotgan hududlarda Ukraina suverenitetini qayta tiklaymiz", - deb aytdi Poroshenko.

Unga ko‘ra, Donbass hududlarining qaytarilishi siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan amalga oshiriladi.

Payshanbaga o‘tar kechasi Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vositachiligida ikki tomon Ukraina sharqida harbiy amaliyotlarni to‘xtatish bo‘yicha navbatdagi sanani belgilashdi.

Sal avvalroq ikki tomon asirlarni almashish bo‘yicha kelishib olgandilar.

Undan tashqari, Ukraina prezidenti Qrim yarimorolini ishg‘oldan chiqarish bo‘yicha xalqaro diplomatik mexanizmni ishlab chiqishni taklif qilgan.

"Bu kabi mexanizmni tadbiq qilishning eng yaxshi usuli bizning Ovro‘po Ittifoqi, AQSh va, ehtimol, Budapesht memorandumi a‘zolari orasidagi sheriklarimiz ishtirokida "Jeneva plyus" formatini ishga solishdir", - deb aytdi Poroshenko.

Yil yakunlari haqida gapira turib, Poroshenko Ukraina Rossiya energiya zaxiralariga endi qaram emasligini bildirdi.

"O‘tgan yil sarhisobini qila turib, Rossiyadan energetik mustaqilligimizni urg‘ulamasdan ilojim yo‘q. Bu mamlakat o‘tirgan gaz ignasi bizning abadiy la‘natimizdek tuyulardi. Hatto eng yorqin orzularimizda ham Rossiya gaziga qaramligimizdan qutulishimizni tasavvur qilmaganmiz", - dedi prezident.

Uning aytishicha, o‘tgan yilning o‘zidayoq Ukraina o‘z gazining aksar qismini Ovro‘po davlatlaridan sotib ola boshladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio