Bir hovuch boyning mulki 99 foiznikiga tengdir

Oxfam tashkilotiga ko‘ra, dunyo aholisining 1 foizi egalik qiluvchi boylik qolgan 99 foiznikiga teng ekan.

Tashkilot "Credit Suisse" tadqiqotlar markazining oktyabr oygi hisobotida keltirilgan ma‘lumotlarga tayanadi.

Shuningdek, Oxfam hisob-kitoblaridan dunyodagi eng badavlat hisoblangan 62 shaxsga tegishli boylik yer shari aholisi yarmi hisoblangan qashshoqlar jami mol-mulki bilan baravar ekani anglashiladi.

Tashkilot lobbistlar faoliyati va soliqlardan holi mamlakatlarda pul saqlash amallarini tanqid qilgan.

Xayriya tashkiloti yer yuzi aholisining 1 foizi qolgan 99 foizdan uzib ketishi ham mumkinligini bashorat qiladi.

Kimlar 1% tarkibiga kiradi?

Image copyright

Hisob-kitoblarga ko‘ra, $68,800 (£48,300) qiymatga ega mol-mulkka ega bo‘lganlar 10% boylar sirasiga kiradi.

1% tarkibida bo‘lish uchun $760,000 (£533,000)lik boyligingiz bo‘lishi kerak ekan.

Demak, Londonda o‘rtacha narxdagi turar-joyga bankdan hech qanday qarzlarsiz egalik qilsangiz, buyuk ehtimol bilan 1% boylar safidasiz.

Ammo, raqamlar anchayin ehtiyotkorlik bilan keltiriladi. Misol uchun, o‘ta boylar borasidagi ma‘lumotlarni qo‘lga kiritish nihoyatda qiyin.

Global hisobotdagi raqamlarni ham 100 foiz to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Chunki, ba‘zi mamlakatlardagi boylik darajasini aniqlashning o‘zi imkonsizdir.

Oxfam 62 nafar o‘ta boy shaxsning boyligi bugun yer shari aholisi 50%inikiga teng ekanini aytarkan, bu misli ko‘rilmagan boylik ekanini urg‘ulaydi.

2010 yilda bunday boylikka ega bo‘lganlar soni 388 nafar bo‘lgan.

"Notenglikka qarshi kurashing"

Image copyright AFP

Hisobotda: "Barcha uchun, kelajak avlod va butun sayyora istiqboliga xizmat qiluvchi iqtisod o‘rniga biz 1%ga ishlovchi iqtisodni yaratganmiz", deyiladi.

Credit Suisse o‘z tadqiqotlari davomida 2000-2009 yillar 1% aholiga tegishli boylik darajasi tushib borganiga guvoh bo‘lgan. Ammo, 2009 yildan beri bu raqam yana ko‘tarilib borgan.

Oxfam mamlakatlar rahbarlarini notenglikka qarshi chora-tadbirlar olishga chaqiradi.

Tashkilot ishchilarga risoladagidek turmush kechirish uchun yetarli maosh to‘lanishi va amaldorlar bilan o‘rtadagi farqlar kamaytirilishini istaydi.

Shu bilan birga, erkak va ayollar maoshlari o‘rtasidagi notenglikka ham barham berishiga undaydi.

Ayollarning yerga va merosga egalik haqlari teng bo‘lishi kerakligini aytadi.

Oxfam dunyo davlatlari rahbarlari lobbistlarga qarshi choralar ko‘rish, dori-darmonlar narxlari paysaytirilishi, soliqlar muvozanatga keltirilishi tarafdoridir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq