Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Eng keksa otaxonning o‘rnini kim bosadi?

Ginnes rekordchisi 112 yoshli yaponiyalik otaxon qazo qilishi ortidan, xuddi shu savol haqida o‘ylashga tushganlar ham topilibdi.

Mahalliy mulozimlarning aytishlaricha, o‘zining uzoq umr ko‘rishi bilan dunyoda barchani birdek tan oldirgan Yasutaro Koide ota Nagoyada, o‘z uyida bandalikni bajo keltirgan.

1903 yilning 13 martida dunyoga kelgan otaxon o‘tgan yil avgust oyida Ginnesning rekordlar kitobiga tushgandi.

O‘shanda otaxon o‘zining uzoq umr ko‘rish sirini ham ochgan, bunga ichmasligi, chekmasligi, jonini jabborga bermasligi va mazza qilib yashashi sabab ekanini aytgandi.

Yaponiyalik mas‘ullarga ko‘ra, 112 yoshda ekan, otaxonga yuraklari pand bergan. Ustiga ustak, zotiljam ham o‘z so‘zini aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio