"Terrorist uy"da yashaydigan bolani so‘roqqa tutdilar

Image caption 10 yashar bola o‘z inshosida xatoga yo‘l qo‘ygan

Ingliz tili darsida xato yozgan 10 yashar bolani politsiya so‘roq qilgani haqidagi xabar ommaviy axborot vositalarining e‘tiboriga tushdi.

Hodisa Britaniyaning Lankashir shahrida yuz bergan.

Boshlang‘ich maktabdagi ingliz tili darsida o‘quvchilardan insho yozish talab qilingan.

10 yashar bola o‘zining "terrasali uy(terraced house)"da istiqomat qilishini yozmoqchi bo‘lgan, biroq inshosida "terrorist uyda(terrorist house) yashayman", deb yozgan.

Bu inshoni o‘qigan o‘qituvchisi politsiyaga xabar qilgan.

Ertasi kuni Lankashir politsiyasi bolakayni uyida so‘roq qilgan va oilaga tegishli noutbuk tekshirib ko‘rilgan.

O‘tgan yili iyulida qabul qilingan terrorizmga qarshi kurash maqsadidagi yangi qonunga binoan o‘qituvchilardan har qanday shubhali ekstremistik deb ko‘rilgan amal ustidan politsiyaga xabar berish talab qilinadi.

Tanqidchilar esa o‘qituvchilar o‘zining aql-farosatini ishga solish o‘rniga qonunni buzib qo‘ymay degan xayolda haddan ziyod "hushyorlik"ni ko‘rsatib yubormoqdalar, degan fikrdalar.

BBC so‘roqqa tutilgan bolakay oilasi bilan suhbatlashgan.

Ammo bolakay shaxsini sir saqlash maqsadida uning qarindoshlari ism-shariflarini ham e‘lon etmaslikka qaror qilgan.

Qarindoshlaridan birining BBCga aytishicha, ilk bor bu haqda eshitganida, "hazil bo‘lsa kerak", deb o‘ylagan.

2015 yilning 7 dekabr kunidagi savol-javobdan bolakay oilasi "shokka tushgan"ini aytgan, politsiyaga xabar bergan maktab o‘qituvchisi va politsiyadan so‘roq uchun rasman kechirim so‘rashni talab qilgan.

"Bunday narsaning 30 yashar erkak bilan yuz berishini tasavvur qilishing mumkin, lekin go‘dak bilan emas. Agar o‘qituvchida biror xavotir tug‘ilgan bo‘lsa, bu ham bolaning so‘zni to‘g‘ri yozgan-yozmagani bilan bog‘liq bo‘lishi kerak edi. Bolaning boshiga bunday narsani solmasliklari kerak edi. Endi esa u o‘z taxayyulini ishga solib biror narsa yozishdan qo‘rqib qolgan", deb aytgan bola qarindoshlaridan biri.

Britaniya Musulmonlari Kengashi bosh kotibi yordamchisi Miqdad Versiyning aytishicha, shunga o‘xshash hodisalar o‘tgan yili yozidan buyon o‘nlab yuz bergan.

Terrorchilik oldini olish dasturi doirasida qancha voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ana shunday ehtiyot choralari ko‘rilgan, Ichki ishlar vazirligi rasman bu haqdagi ma‘lumotni e‘lon etmagan.

Lekin 2015 yil oktyabrigacha 18 yoshdan kichik 1355 inson e‘tiborga tushgani aniq.

Ushbu raqam bundan oldingi yilda 466 nafarni tashkil etgan.

Ushbu hodisa yuzasidan Lankashir shahri politsiyasi bayonot tarqatgan.

Bayonotda shunday deyiladi: "Bu haqda politsiyaga xabar berilgan, ammo Jinoyat oldini olish bo‘limi emas, tegishli bo‘lim politsiya xodimi va sotsial xizmat vakillari ishtirokida oilaga tashrif bilan ko‘rib chiqilgan. Biror bir xavotirga sabab bo‘ladigan fikr bo‘lmagan va hech qanday chora ko‘rilmagan".

Hodisa yuzasidan maktab shirh bermagan, chunki o‘qituvchi qanday xayolda politsiyaga xabar bergani yuzasidan tekshiruv olib borayotganini ma‘lum qilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq