Peskov Ramzan Qodirovning tarafini oldi

Image copyright Getty

Butun Internet ijtimoiy tarmog‘ida tanqidlar ostida qolib ketgan Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirovning bayonotiga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov munosabat bildirdi.

Janob Peskov so‘zlariga ko‘ra, Ramzan Qodirovning muxolifat haqidagi gaplari atrofida "vaziyatni taranglashtirish" kerak emas.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya muxolif siyosatchilarini "tizimdan tashqaridagi muxolifat" deb atagan, ularni "xalq dushmani" deb ta‘riflab, "qo‘poruvchilik faoliyati" uchun mahkamaga tortishga chaqirgan.

Keyinroq esa "xalq dushman"lari deganda "ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni, Uy-kommunal eo‘xaligi va boshqa masalalarni ko‘tarib chiqayotgan qonuniy muxolifatni nazarda tutmagan"ini, balki Rossiyaga "tuhmat qilayotgan va mag‘zava ag‘darayotganlarni" nazarda tutganini aytgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ramzan Qodirovning "tizimdan tashqaridagi muxolifat" degan iborasiga aniqlik kiritishga harakat qilgan.

"Tizimdan tashqaridagi muxolifat nima? Bu mamlakatning mashru‘ siyosiy maydonidan tashqarida bo‘lganlar. Bu shunday odamlarki, o‘z faoliyatida qonun doirasida qolmaydilar va va hatto mamlakat zarariga bo‘lsa ham qonunni buzishga tayyor bo‘lganlar. Men bu fikrni shunday deb tushundim", deb aytgan Dmitriy Peskov.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yordamchisi va parlament raisi Magomed Daudov "Instagram"da "Dojd" telekanali va "Exo Moskvy" radiolarini "dushman beshinchi kolonna qarorgohi" deb atagan va haqoratli yozuvlar e‘lon qilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi "Dojd" telekanali va "Exo Moskvy" radiosi haqdagi bayonotlarga munosabat bildirmagan.

Rossiya muxolifati fikricha, Checheniston rahbariyati taniqli muxolif siyosatchisi Boris Nemtsov qotillarini yashirmoqda.

Boris Nemtsov oilasi vakillari ushbu qotillik yuzasidan Ramzan Qodirovni so‘roq qilishni talab qilib keladi.

Lekin bu talab tergov qo‘mitasi tomonidan rad etib kelinadi.

Ramzan Qodirovning ushbu bayonoti muxolifat va inson haqlari himoyachilari tomonidan keskin tanqid qilindi, Internet ijtimoiy tarmoqlarida minglab kishilar Ramzan Qodirovdan "kechirim so‘radilar".

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq