Neft narxlari Rossiya iqtisodiga zarba bermoqda

Image copyright RIA Novosti

Rossiya statistika xizmati raqamlariga ko‘ra, mamlakat iqtisodi 2015 yilda 3,7 foizga qisqargan.

2009 yildan beri eng yomon ahvolda deya ko‘rilayotgan Rossiya iqtisodida savdo ko‘rsatkichlari 10 foizga tushgan, sarmoyalar esa 8,4 foizga qisqargan.

2014 yilda yalpi ichki mahsulot 0,6 foizga o‘sgani aytilgandi.

Mamlakat iqtisodi oxirgi 15 oy davomida 70 foizga tushib ketgan neft narxlarining og‘riqli ta‘sirini sezmoqda.

Rossiya 2014 yilda Qrimni qo‘shib olishi ortidan G‘arb o‘rnatgan jazo choralari ham ta‘sir ko‘rsatmay qolmagan.

Bosh Vazir Dmitriy Medvedev yanvar boshidagi chiqishida Rossiyaning 2016 yilgi byudjeti qayta ko‘rib chiqilishini aytgan.

Dekabrda Prezident Vladimir Putin byudjet neftning bir barreli 50 dollarga teng bo‘lishiga asoslanib ishlab chiqilganini aytgandi. Ammo, hozirda neftning bir barreli 30 dollarga sotilmoqda.

O‘tgan hafta rubl AQSh dollariga nisbatan misli ko‘rilmagan darajaga tushib ketdi, ammo neft narxlari sal tiklanishi ortidan u ham biroz ko‘tarildi.

Dushanba kuni neft narxlari 3 foizga tushishi bilan rubl ham 1 foizga sho‘ng‘ib, bir dollarga 78,87 deya baholandi.

Markaziy Bank rahbari Elvira Nabiullina mamlakat rahbariyati iqtisodni barqaror ushlab turish uchun barcha choralarni ko‘rishlarini bildirdi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq