Shvetsiya: Qochqinlar markazida qotillik

Image copyright AFP

Shvetsiya politsiyasi 22 yoshli qochqinlar markazi xodimasini o‘ldirishda gumon qilinayotgan 15 yashar muhojirni hibsga olgan.

Gyoteborg shahri yaqinida sodir bo‘lgan qotillik Shvetsiyani larzaga solgan.

Xabar qilinishicha, Shvetsiyadan boshpana so‘rab murojaat qilgan o‘smirlar bilan ishlagan ayol pichoqlanish natijasida olgan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan.

Uning ismi-sharifi aytilmayapti.

Hodisa joyini borib ko‘rgan Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Lyoven qotillikni "dahshatli jinoyat" deb atagan.

Unga ko‘ra, ko‘pgina shvedlar qochqinlar tomonidan bu kabi hujumning qaytarilishidan xavotirda.

O‘tgan yili Shvetsiyaga rekord sondagi - 150 ming nafar qochqinlar kelishgan.

Ovro‘po Ittifoqi davlatlari orasida qochqinlar soni bo‘yicha Shvetsiya Olmoniyadan keyin ikkinchi o‘rinda.

Yaqinda shved rasmiylari qochqinlar oqimini jilovlash maqsadida chegara tartibini kuchaytirishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio