Biometrik pasport mashmashasi: "Amerika o‘zbeklari" uchun yangi tartib

Chet elda yurgan yuz minglab o‘zbekistonliklar O‘zbekiston hukumatining nobiometrik pasportlarning amal qilish muddatini tugatish haqidagi qaroridan xavotirga tushganlar.

Biometrik pasport muammosi AQShdagi o‘zbeklarni ham qiynamoqda.

"Amerika ovozi" radiosining yetakchi xodimlaridan Navbahor Imamova ushbu masalani yaqindan kuzatayotgan jurnalistdir.

Kundalik jurnalistik faoliyatida o‘zbekistonliklar o‘zlarining pasport bilan bog‘liq muammolari yuzasidan unga murojaat qiladilar.

Navbahor Imamovaning aytishicha, murojaat qilganlarning aksari hujjat almashtirish jarayoni haqida to‘la ma‘lumotga ega emaslar.

Jurnalistning aytishicha, o‘zbekistonliklar AQShga kelganlaridan keyin O‘zbekiston elchixonasi ular haqida bilmasligini istab, konsullik ro‘yxatidan ham o‘tishmaydi.

Shu bois ham, AQShdagi O‘zbekiston konsulliklari xodimlari aytishicha, rasman ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston fuqarolarining soni atigi bir necha yuz kishini tashkil etadi.

Jurnalistning tadqiqotlariga ko‘ra, bugungi kunda AQShda 250 ming atrofida o‘zbekistonlik istiqomat qiladi.

Navbahor Imamovaning davom ettirishicha, yaqinda Amerikadagi o‘zbekistonliklar uchun yangi tartib joriy etilgan.

Unga ko‘ra, yashash joyini AQShga ko‘chirgan fuqarolar yangi biometrik pasportni o‘sha yerda olishlari mumkin.

"Ya‘ni, doimiy yashash joyingiz Amerikada bo‘lishi shart", - deydi jurnalist.

Navbahor Imamova bilan suhbat.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/ bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio