O‘zbekiston korruptsiya reytingida yana "etakchilardan"

Dunyo mamlakatlaridagi korruptsiya bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganadigan Transparency International tashkiloti 2015 yilga bag‘ishlangan yangi hisobotini e‘lon qilgan.

Ushbu hisobotda jahondagi 168 mamlakatdagi ahvolga baho berilgan.

Transparency International har bir mamlakat to‘plagan balliga qarab rang bergan.

Ko‘p ball to‘plab yaxshi natijani qo‘lga kiritgan mamlakatlar och sariq rang bilan belgilangan, Transparency reytingida kam ball to‘plaganiga qarab xaritada mamlakat to‘q qizil rangda ko‘rsatilgan.

Dunyoda korruptsiya eng avj olgan va to‘q qizil rangda berilgan 16 mamlakat qatoriga O‘zbekiston ham kirgan.

O‘zbekiston imkonli 100 balldan 19 ball to‘plagan.

Bu 168 mamlakat ro‘yxatida 153-o‘ringa to‘g‘ri kelgan.

O‘zbekiston ko‘rsatkichi 2014 yilga solishtirganda bir ballga yaxshilangani kuzatilgan.

Biroq 2014 yili Transparency International 175 mamlakatdan iborat reyting tuzgan edi.

Xalqaro tashkilot sobiq Sho‘ro mamlakatlari uchun korruptsiya hamon katta muammoligicha qolayotganini aytgan.

Transparency International ta‘rifi bo‘yicha bu mamlakatlarda "korruptsiya qatag‘onlar bilan yonma-yon bormoqda".

"Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston va boshqalarda hukumatlar, agar butkul bo‘ayotgan bo‘lmasa, fuqarolik jamiyati va erkin matbuotni cheklab bormoqda - ikkisi ham korruptsiya oldini olishga xizmat qilmog‘i lozim", deyiladi hisobotda.

Hisobotda Shvetsiyadagi vaziyat haqida gapirilarkan, O‘zbekiston ham tilga olingan.

Shvetsiyadagi TeliaSonera mobil aloqa shirkati "O‘zbekistonda biznes yuritish uchun pora shaklida millionlab dollar berganlikda ayblanayotgani" aytilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBCUZBEK

Twitter - BBCUZBEK

Odnoklassniki - BBCUZBEK

Facebook - BBCUZBEK

Google+ - BBCUZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq