Shoirning onasi haqida she‘r

Image caption Xurshid Davron

BBCUZBEK Adabiyot: Shoir Xurshid Davron Samarqand viloyatiga karashli Chordara qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘nlab kitoblar muallifi. Shoirning internet kutubxonasi (http://kh-davron.uz/) O‘zbekiston adabiyotining asosiy ustunlaridan biriga aylangan.

*********************************************************************************************************************************************************

ShOIRNING ONASI

Ona kelib olis qishloqdan

O‘g‘li bilan yashay boshladi

Va dasturxon yozilgan choqda

Shirmoy nonning chetin tishladi.

Yuvib berdi bir bozor kirni,

Suvlar quydi so‘lgan gullarga.

Nevaralar bog‘chadan qaytgach,

Ertak aytib berdi ularga.

Ammo, tunlar, xona burchida

Suygan o‘g‘li pichir-pichirlab

She‘r yozgan payt tutun ichida

O‘tirardi yurak hovuchlab,

O‘tirardi xavotir bilan,

Qo‘rqar edi nafas olishga.

Xurrak tortib qo‘ymayin deya

Bosh qo‘yardi tongda bolishga.

Ammo bir kun mazasi qochib,

Ko‘z oldida yorug‘lik so‘ndi,

Qo‘llaridan tushib ketdi-yu,

Chil-chil bo‘lib piyola sindi.

O‘sha zahot hushiga qaytdi,

Chayqalardi o‘ngida olam.

U yugurib chiqqan o‘g‘liga

Shivirladi: "Ketaymi, bolam?"

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBCUZBEK
  • Twitter - BBCUZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBCUZBEK
  • Google+ - BBCUZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq