BMT: Saudiya Yamanda tinch aholini nishonga olmoqda

Image copyright Reuters
Image caption Yamanning buguni

Yamandagi xusiy isyonkorlariga qarshi kurashayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tinch aholini havo hujumlarining nishoniga aylantirmoqda.

Bu, Birlashgan Millatlar tashkilotiga ko‘ra, "keng va muntazam ravishda" davom etmoqda.

BMT mutaxassislarining aytishicha, tinch aholi shuningdek, o‘tgan to‘qqiz oy mobaynida ataydan ochlikda qoldirilgan.

BMTning maxsus kengashi inson huquqlari buzilishiga doir maxsus tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan.

Saudiya boshchiligidagi ittifoqchi kuchlar xusiylarni Yaman poytaxti Sanodan chiqarish va hukumatni qayta tiklashga harakat qilishmoqda.

Saudiya Arabistonining ta‘kidlashicha, xusiylar Yamanning sobiq prezidenti bilan ittifoq tuzishgan hamda Eron tomonidan harbiy ko‘makka egalar.

Eron Saudiyaning mintaqaviy raqibidir.

Tehron bu kabi ayblovlarni rad etib keladi.

BMTga ko‘ra, mart oyida boshlangan janglarda 5800 dan ortiq inson qurbon bo‘lgan, aholining 80 foizdan ko‘prog‘i ochlikdan azob chekmoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBCUZBEK
  • Twitter - BBCUZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBCUZBEK
  • Google+ - BBCUZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq