Markaziy Osiyo: Demokratiyami va yo monarxiya?

Image caption Ota-o‘g‘il arboblar

Markaziy Osiyoda demokratiya ishlaydimi? Balki xonliklar va bekliklarga qaytish ma‘quldir?

O‘tgan haftada Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon qizi Ozoda Rahmonni prezident ma‘muriyatining rahbari etib tayinlash haqidagi farmonni imzolagan.

Prezident Rahmonning o‘g‘li Rustam Imomali Tojikiston aksilkorruptsiya idorasining rahbari va Tojikiston Futbol Federatsiyasining prezidentidir.

Qo‘shni O‘zbekistonda ham bir muddat avval prezident Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova ehtimoliy voris o‘laroq ko‘rilgan va otasining davrida ayrim manbalarda yuz millionlab, ba‘zilarida milliardlab dollar sarmoya to‘plagani xabar berilgandi. Bugun Gulnora Karimovaning qayerda ekani haqida Toshkent sukut saqlamoqda.

Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning UNESCO qoshidagi doimiy vakili bo‘lib faoliyat yuritib keladi.

Qo‘shni Qozog‘iston prezidentining to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva esa, avvaliga mamlakat parlamenti quyi palatasining vitse-spikerligiga ko‘tarilgan.

Buning ortidan, "Nur Otan" partiyasining parlamentdagi fraktsiyasi rahbarligiga loyiq ko‘rilgan va o‘tgan yildan boshlab Bosh vazir muovini lavozimini egallab keladi.

Bularning barchasi, o‘z navbatida, so‘nggi yillarga kelib, davlat rahbarlari bolalari va yaqinlarining muhim davlat lavozimlariga tayinlanishi hollarining aksariyat Markaziy Osiyo

davlatlari uchun an‘anaga aylanib borayotganiga dalolat qiladi.

BBCUZBEK Facebook, Odnoklassniki o‘zining sahifalarida mintaqa uchun tobora dolzarb bo‘lib kelayotgan merosxo‘rlik va demokratiya mavzusini ko‘targan edi.

Image caption Ushalmagan orzular

Ko‘tarilgan mavzu va savollarga olingan fikr-mulohazalarni sinchiklab o‘qiydigan bo‘lsak, mutlaq hukumatlar nazorati ostida bo‘lgan mahalliy matbuot hamda Rossiya ommaviy-axborot vositalarining ta‘siri yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Ana shu ta‘sir ostida qoldirilgan fikrlarning aksariyatini bir jumlaga jam qilsak: "G‘arb bizga dushman, undan yaxshilik kutib bo‘lmaydi", qabilida yangrashi tayin.

Avvalo Facebookdagi mulohazalar:

(Aksariyat mulohazalar tahrirsiz keltirilmoqda –tah.)

Izzatilla Rakhmatillaev: 72 yil izolyatsiyada yashab ,tashki dunyoni fakat televizordan kurgan xalk uchun, Rev.kom xam,Birinchi Sekretar xam, Prezident xam Podshoyu ,Xalif xam, bari bir fakat korin tuysa buldi.))))) Erkin fikr yuritib, xalkim millatimga xizmat kilaman deganlari kuvginga olinib, chetda "Vatan gadosi" bulib yuribdi.)))) Ammo kupchiligini savodi kompyuter, ayfondan chikayabdi, xar kalay kelajaka umid bor )))))

Mirza Anvar Xamidov: Demokratiya kerak emas deyotganlar demokratiyani tushunmaydiganlar!

Nafisa Elchiyeva: Xurmatli BBC lar demokratiya deganda nimani tushunasizlar uzi. Sevimli yezuvchimiz aytganday farzand otasini tan olmay arzimagan narsa uchun sudga berishinimi yeki ayel men erkin fukaroman karashlarimni xurmat kil deb farzandlarini tashlab chikib ketishinimi kuryapmiz demokratiya juda rivojlangan davlatlar axvolini xammasi egoist. Bizda xam demokratiya mintaletimizdan kelib chikkan xolda. Kecha ukidim bittasi uzbeklar kuylar deb yezibdi.er yuzida xech kim uzbekchalik bulolmaydi. Uzbekchalik andishali mexr okibatli xalk yuk duneda

Farkhod Abdurakhmonov: Demokratik tuzum ideal emas lekin insoniyat undan yaxshisini hali o‘ylab topmadi. Markaziy Osiyo davlatlari G‘arbda yillar davomida shakllangan demokratiyaning ijobiy tomonlarini o‘zlashtirishlari kerak. Taraqqiyot orqaga qaytish bilan bo‘lmaydi balki faqat oldinga intilish orqali yuz beradi, bu ayniqsa siyosiy sohada, davlat qurilishi borasida juda muhimdir. Milliy o‘zlik, milliy madaniyat masalalarida unutilib ketilgan ba‘zi qadriyatlarni qayta tiklash, orqaga qaytish bu boshqa masala. Xonliklar va bekliklarga qaytish bu yana tarqoqlikka, tanazzulga yuz tutmoq demakdir. Bu degani zamonaviy mashinalardan voz kechib eski eshak, ot-aravaga qaytmoqlikdir. Menimcha hech qaysi bir inson, shaxs, bironta bir Hukumat buni xohlamaydi. Demokratiya joriy etilishi va juda samarali ishlashi mumkin, buning uchun rahbarlarda qat‘iy xohish, say‘i-harakat bo‘lmog‘i darkor. O‘z navbatida G‘arb demokratiya niqobi ostida o‘z shaxsiy manfaatlarini ko‘zlamasdan haqiqiy demokratiyani joriy etishimizga ko‘mak bersin.Har qaysi lavozimda kim o‘tirishidan qat‘iy nazar, birinchidan, u avvalo xalqparvar, adolatparvar, millatparvar, vatanparvar bo‘lishi, ikkinchidan, halol, ilmli, uchinchidan, o‘z ishining ustasi yoki yetuk mutaxassis, iqtidorli rahbar bo‘lmog‘i boshqacha aytganda o‘z egallab turgan lavozimiga har tomonlama munosib bo‘lmog‘i asosiy mezonlardir. Biz hammamiz faqat bitta xalq, bitta bayroq ostida birlashsakgina shunda kuchli bo‘lamiz, xonliklar yoki bekliklar bilan emas mutlaqo. Ozod va obod vatan faqat haqiqiy demokratiya orqali barpo etiladi.

Garri Qurbonov: Xech bir davlatga majburlab demokratiyani kirgazib bulmaydi. Men demokratiyani majburlab kirgizish fikridan yiroqman, lekin biz demokratiyaga tayyor emasmiz deb qarab turaversak u hech qachon qurilmaydi. Bu dunyoda hamma narsa nisbiy, hech bir davlatda ideal demokratik jamiyat mavjud emas va bo‘lmaydi ham, biroq biz qayerda va kim bo‘lishimizdan qat‘iy nazar hech bo‘lmaganda minimal huquq va erkinliklarga ega bo‘lishimiz darkor. Aslida demokratiyani mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydi deb unga qarshilik ko‘rsatuvchilar demokratiyadan qo‘rqishadi, agar ular xohlasalar joriy eta oladilar va mentalitetni ham o‘zgartira oladilar. Bir misol, yoshlarimizni qarangchi qisqa muddat ichida G‘arbdan kelgan hamma salbiy ishlarni o‘zlashtirib odatga aylantirib oldilar. Internetdan foydadanuvchilarning 90-95 % Odnoklassnikda qandaydir rasmu, yozuvlarni bilib-bilmay layk bosish, bo‘lmag‘ur kinolarni ko‘rish bilan ovora, biz bu bilan kurashmasdan Internet yomon deymiz, Internetning yaxshi tomonini esa o‘zlashtirmaymiz. Xullas, millatni zehniyatini o‘zgartirsa bo‘ladi faqat bunga qattiq xohish-iroda kerak, inson haqiqatda millatini, xalqini sevsa, unga fidoyi bo‘lsa bu ishni qiladi. Mayli boshqa millatlar 5 yilda joriy qilsa biz 10 yilda qilaylik, lekin uni qachondir boshlashimiz kerakmi axir? Xo‘sh Siz nimani taklif qilasiz? Meni pulim yoki orqamda himoya qiladigan homiyim bo‘lmagani uchun qanchalik iste‘dodli bo‘lsamda, ilmli, mehatkash, halol bo‘lsamda o‘zimni shu xislatlarimni amalga oshira olmasam, erkin fikrimni bayon qila olmasam, kambag‘alligim uchun kamsitilsam, kamchiliklar bilan qonuniy yo‘l bilan kurasha olmasam, mablag‘im yo‘qligi uchun o‘qishga kira olmasam va hokazo shularni hammasini mentalitet deb bahona qilib shunday yashayveramizmi? Ha, albatta demokratiya bir kishini, rahbarni xohishi bilan osongina amalga oshirilmaydi, shuning uchun imkon qadar hokimiyatga qo‘rqmasdan hurfikrli, ilmli insonlarni ishga olish kerak, bunday kishilar ko‘p kamchiliklarni tanqid qilishlari mumkin lekin hech qachon Vatanni sotmaydilar, aksincha laganbardor, xushomadgo‘y, egoist, ilmsizlardan qo‘rqish kerak, ular hech kimga vafo qilmaydilar va bundaylar bilan demokratiya qurib bo‘lmaydi.

"Xonliklarda battar bo‘lgan..."

Abdusattor Nishonov: Xonliklarda bundan battar yedi deb o‘ylayman. Hozir esa ...Avlodlar almashinuvi bunga nuqta qo‘ysa ajabmas...

Said Nuri: Demokratiyani kurdik yakin sharkda urnatilganini…

Abu Alikhan: Bular demokratiyaning yerkin kurinishi ku. Nima Prezident farzandlari siyesat bilan shugullanmasin saylanmasin degan tusik bormi. Kim xoxlasa siyesatchi buladi dini irki kelib chikishidan katiy nazar.

Sadridin Rixsibayev: Oddiy oshxona pichogi xam foydalanishni bilmasangiz xavfli. Sabzi tugrab turib, kulingizni kesib olishingiz mumkin. Biz shu sababli pichokdan voz kechmaymizku. Demokratiyadan kurkish kerakmas, uni urnatish uchun kurashish kerak. Konstitutsiya bandlari va konunlarga xamma mansabidan, kelib chikishidan, moliyaviy mavkeidan kat‘iy nazar rioya kilsagina demokratik davlatni kurish mumkin buladi.

Maks Iks: Mexr okibat kuchliligidan OSIYoda xokimiyat xam otameros bubketadi shakilli:-)

Odnoklassnikidan: "Demokratiya bor joyda rivojlanish yo‘q...mi?"

Mahmud Mamirov: O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonda demokratiya qisman ishlaydi, shuning uchun rivojlanish bor. Qirg‘izistonda 100 foiz demokratiya ishlaydi, shuning uchun qiynalayapti... demokratiyaning ham kerakli joyini ishlatish kerak.

MUROD YULDASHEV: Kuryapmiz demokratik davlatlaringni, yevropami ana yordam surab kochoklarni kanday kuyga solib xaydayapti.

63 Samimiy dust 63: avliyosini olib kelib prizident kilib kuysa u xam shu ishni kiladi. Kim tugri ishlaydi shu dunyoda,tugri odam bormikin uzi?

KABULOV MAGRUR BARETs: Shox kursisi bu shunday bir virusga egaki unda kancha uzok kolsa shuncha kasallanadi va inson buziladi borgan sari virus bu tanani kamrab oladi okibatda kursiga maxliyo mubtalo bolib koladi ana unda keyn kursini birovga bermaslik uchun xech narsadan tap tortmaydi xatto 100 000 lab jonlar evaziga bolsa xam.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEKTwitter -BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq