Embrio geniga "tuzatish kiritish" ma‘qullandi

Image copyright SPL

Odam embriologiyasi va sun‘iy urug‘lantirishni nazorat qiluvchi boshqarma Buyuk Britaniya olimlariga inson homilasi genini o‘zgartirishga izn berilgan.

Tadqiqotlar Londondagi Frensis Krik institutida boshlanadi. Mazkur izlanishlar inson hayotining ilk onlarini chuqurroq anglash imkonini berishiga ishonilmoqda.

Aytilishicha, olimlar urug‘lanishdan so‘nggi ilk yetti kuni ustida tajriba olib borishadi. Tadqiqotchilarning aytishlaricha, jarayon homilaning chala tushishi sabablarini tushunishga yordam beradi.

Ammo, ayolga ayni embrionni o‘rnatish noqonuniy hisoblanadi.

Image copyright AFP
Image caption Jarayon homilaning chala tushishi sabablarini tushunishga yordam berishi aytilmoqda

Genga tuzatishlar kiritish inson DNK si, ya‘ni genomini boshqarishdir.

O‘tgan yil Xitoy olimlari ilk bor qon kasalligiga yetaklovchi genni tuzatish uchun odam homilasiga o‘zgartirish kiritishganini e‘lon qilishgandi.

Mazkur xabar esa, bahsu munozaralarni keltirib chiqargan, tanqidchilar embrio DNK sini o‘zgartirish "dizayner" chaqaloqlar yaratish harakatlariga eshik ochishi mumkinligidan xavotir bildirishgandi.

Joriy yil boshlarida tadqiqotchilardan biri Keti Niakan o‘z mavqeini shunday tushuntiradi: "Biz inson homilasining sog‘lom chaqaloq bo‘lib o‘sishiga xizmat qiluvchi genlarni tushunishni juda istaymiz. Nima uchun buning shu qadar muhimligiga kelsak, chala tushish va pushtsizlik nihoyatda ko‘p kuzatiladi. Ammo, ayni holatlar sabablari chuqur anglab yetilgani yo‘q".

Har 100 ta urug‘langan tuxum hujayraning yarmidan ham kamrog‘i ilk qobiqlanish davriga yetib boradi. Ulardan 25 tasi bachadonga kirib borishi, 13 tasigina uch oy va undan ortiq vaqtgacha rivojlana olishi mumkin.

Image copyright SPL
Image caption Urug‘langan tuxum hujayraning barchasi ham sog‘lom chaqaloqqa aylanmaydi

Endi Odam embriologiyasi va sun‘iy urug‘lantirish boshqarmasi izni bilan tadqiqotlar kelasi bir necha oy asnosida boshlab yuboriladi.

Sizningcha, bunday tadqiqotlar o‘tkazilishi qanchalar to‘g‘ri?

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio