"Muhojirlar tikuv tsexiga qasddan o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin"

Image copyright RIA Novosti

Moskvadagi tikuv tsexida 30 yanvar kuni ro‘y bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan insonlar soni 12 ga yetgani haqida xabar tarqatganlar rossiyalik rasmiylar.

Halok bo‘lganlarning hammasi markaziy osiyolik mehnat muhojirlari bo‘lganlar, deya xabar tarqatmoqdalar Rossiya ommaviy axborot vositalari.

Yong‘in 30 yanvar tunida Moskvaning Strominka ko‘chasidagi tikuv tsexida kelib chiqqan.

Yong‘inning juda kuchli bo‘lganini aytmoqdalar favqulodda vaziyatlar va o‘t o‘chirish xizmatlari.

Alanga kuchliligidan o‘t o‘chiruvchilar binoga yaqinlasha olmaganlar.

Tikuv tsexining tomi qulab tushgan.

31 yanvar kuni vayronalar ostidan insonlarning kuyib ketgan jasadlari topilgan.

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola, biri hatto bir yoshga ham to‘lmagani xabar qilinmoqda.

Tergovchilar taxmin qilishlaricha, mehnat muhojirlari tikuv tsexida yashab kelganlar.

Yong‘inga nima sabab bo‘lgani o‘rganilmoqda.

Taxminlardan biri - binoga atayin o‘t qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Tergovchilar bir necha yong‘in manbasini topganlar.

Rossiya Tergov qo‘mitasi Moskva bo‘limi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘agan.

Bu ish "ehtiyotsizlik tufayli insonlar o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan mulkni atayin yo‘q qilish yoki shikast yetkazish" bandi bo‘yicha ekani haqida aytgan Tergov qo‘mitasi vakili.

Mehnat muhojirlarining qaysi respublika fuqarolari ekani aniqlashtirilmoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq