Suriyadagi portlashda o‘nlab insonlar halok bo‘lgan

Image copyright AFP

Suriya poytaxti Damashqqa yaqin shialar muqaddas deb biladigan maqbara oldida ro‘y bergan portlashlar oqibatida 60 dan ortiq inson halok bo‘lgan, deya xabar tarqatgan Suriya rasmiylari.

Suriya davlat televideniyesi portlash sodir etilgan joydan kadrlarni namoyish etgan.

Tasvirlarda alanga olgan binolarni, vayron bo‘lgan avtomobillarni ko‘rish mumkin.

Shia musulmonlari Sayyida Zaynab maqbarasi deb biladigan ziyoratgoh Damashq janubida joylashgan.

Halok bo‘lganlar orasida ziyoratchilar ham bo‘lgan.

Image copyright AFP

Suriya davlat matbuoti xabar qilishicha, dastlab avtomobilga o‘rnatilgan bomba portlatilgan.

So‘ng ikki suiqasd hujumchi o‘zini portlatgani xabar qilingan.

Ko‘plab odamlar jarohatlanganlar.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida IShID ushbu hujum uchun mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

Eron hukumati va Livandagi "Hizbulloh" harakati Prezident Bashar al-Assadni dastaklayotganlaridan ko‘zlagan maqsadlaridan biri Suriyadagi shialar uchun muqaddas qadamjolar, xususan Sayyida Zaynab maqbarasini muhofaza qilish ekanini ma‘lum qilganlar.

Sayyida Zaynab maqbarasi bundan oldin ham, oxirgi marta 2015 yil fevralida nishonga olingan.

Image copyright AFP

Shuningdek, ushbu maqbaraga yo‘l olgan ziyoratchilar ham hujumga tutilganlar.

Shia musulmonlari Damashq janubidagi maqbarada Muhammad Payg‘ambar(SAV) nabirasi Sayyida Zaynab dafn etilgan deb bilsalar-da, ayrim musulmonlar Sayyida Zaynab Qohirada yoki Makkada dafn etilgan deb biladilar.

Sayyida Zaynabning otasi Ali ibn Abu Tolib, onasi Muhammad Payg‘ambar(SAV)ning qizi Fotimai Zahrodir.

Hazrati Ali to‘rtinchi Islom xalifasi bo‘lgan.

Shialar Ali ibn Abu Tolibni Islom payg‘ambarining qonuniy vorisi deb hisoblaydilar.

Islom payg‘ambarining qonuniy vorisi kim bo‘lishi kerakligi borasidagi bahslar shialar va sunniylarni ikkiga bo‘lib yuborgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio