Bekham tez yordam xodimini qahva bilan xursand qildi

Image copyright London ambulance service

Devid Bekham tez yordam xodimi va bemor kishi sovuq havoda tez yordam mashinasini kutib o‘tirganlarini ko‘rgach, ularga issiq ichimliklar olib kelib bergan.

Velosipedda harakat qiluvchi tibbiy yordam shifokori Katrin Meynard London markazida yiqilib tushgan qariyaga tez yordam ko‘rsatish uchun kelgandi.

Meynard xonimning aytishicha, Angliya futbol jamoasining sobiq sardori Bekham ularga salom bergan, 10 daqiqa o‘tgach esa qahva va choy ko‘tarib qaytib kelgan.

"Ikkovimiz ham hayron qoldik va juda mamnun bo‘ldik", - deydi shifokor.

"Menimcha, u Bekham edi"

Meynard xonim Endsli ko‘chasi yaqinida tibbiy yordam mashinasini kutar ekanlar, bemorni issiq saqlab turishga urinayotgan bo‘lganini aytdi.

"Bir payt tepamga qarasam, Devid Bekhamga o‘xshagan kishi yonimizdan o‘tib ketayotgan ekan", - deydi u.

"U salom berdi-da, mashinasiga o‘tirdi. Muolaja qilayotgan bemorimga "Menimcha, u Bekham edi", dedim. O‘n daqiqa o‘tgach, u menga bir qahva, bemorga esa choy bilan qaytib keldi. Bugun sovuq havoda velosiped haydashga juda qiynalayotgandim, shuning uchun u issiq ichimlik bilan kelganida juda ham xursand bo‘ldim", - deya qo‘shimcha qiladi u.

London tez yorda xizmati chiqargan bayonotda aytilishicha, "Bekham tez yordam xodimlarining og‘ir mehnatini hurmat qilishini namoyish qildi. Hatto bir qahva olib berishdek kichik amal ham bizning xodimlarimizning ruhini ko‘taradi".

Bemor qariya kasalxonaga olib ketilgan va kichik jarohatlari uchun muolaja olgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbekradio