Neymar Barselonada firibgarlik bo‘yicha mahkamaga keldi

Image copyright Reuters
Image caption Dushanba kuni Madrid mahkamasiga Neymar otasi bilan birga kelgan

Braziliyalik mashhur futbolchi Neymar Ispaniya mahkamasida o‘zining Barselonaga o‘tkazilishida korruptsiya va tovlamachilikka yo‘l qo‘yilgani borasidagi ayblovlar yuzasidan ko‘rsatma bergan.

Klubning hozirgi va sobiq prezidenti ham dushanba kuni Madrid mahkamasiga kelganlar.

Barselona klubining bildirishicha, 2013 yil Neymar uchun 57 mln yevro(43 mln funt sterling) to‘langan, uning ota-onasi 40 mln yevro, Braziliyaning Santos klubi esa 17 mln yevro olgan.

Biroq tekshiruvchilar aytishicha, kelishuv bahosi qariyb 83 mln yevro bo‘lgan va Barselona mablag‘ning bir qismini yashirgan.

Jinoiy ish sportchining 40 foiz sport haqlariga egalik qilgan Braziliyaning DIS hissadorlik fondi tomonidan qo‘zg‘atilgan. DIS 40 foiz, ya‘ni 17 mln yevro olganini, hissalari esa bundan ko‘p bo‘lishini ta‘kidlamoqda.

Dushanba kuni Madrid mahkamasida ko‘rsatma bergan Barselona Futbol klubi Prezidenti Josep Maria Bartomeu va klubning sobiq prezidenti Sandro Rosell tovlamachilik ayblovlarini rad qilishgan va o‘zlari to‘g‘ri yo‘l tutganlarini aytishgan. "Biz o‘tgan yil qaytargan gapimizda qat‘iymiz. "Biz hech narsadan qo‘rqmaymiz va adolat g‘alaba qilishiga ishonamiz", deb qayd etilgan klub e‘lon qilgan murojaatda.

Barselona klubi rahbarlari shuningdek yana boshqa holat- Ispaniya soliq boshqarmasining hisobi bo‘yicha 13 mln yevroni yashirganlikda ayblanmoqdalar. Ular bu ayblovni ham rad qilishgan.

Bundan oldin Neymarning otasi o‘g‘li Barselona bilan yangi shartnomani o‘zini Ispaniyada to‘liq xavfsiz sezsagina imzolashini bildirgandi.

Mahkamadagi ayblovlar tasdiqlansa, Neymarni Barselonaga o‘tqazishga mas‘ul Bartomeu va Rosell qamoq jazolariga, klub esa katta jarimaga tortilishi mumkin.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter -BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon