"Ayb hokimlarda emas, Karimovda..."mi?

Image caption O‘zbekistonga "ota" kerakmi va yo "farzand"?

O‘zbekistonda hokimlarni prezident Karimov tayinlaydi.

Ularni ishdan oladigan ham Islom Karimov bo‘ladi.

Garchand, hokimlarning ham saylov yo‘li bilan tayinlanishi haqida takliflar anchadan beri asosan tor doirada yangrayotgan bo‘lsa ham, aksariyat saylovlar biror bir natija berishiga ham ishonmaydi.

Mustaqil jurnalistlar, mahalliy inson huquqlari faollari doxil biror bir xalqaro tashkilot O‘zbekistonda hozirga qadar kechgan saylovlarning aqalli bittasini ham adolatli deb e‘tirof etgani yo‘q.

O‘tgan hafta Toshkent viloyat hokimi Ahmad Usmonovni lavozimdan chetlatarkan, prezident Karimov uni odamlarning ishonchini oqlamaganlik va rahbar kadrlarni tayinlashda tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yganlikda ayblagan.

Militsiya generali bo‘lgan Usmonov layoqatsizlikda ayblanayotgan birinchi hokim emas.

Bundan avval Prezident 7 yil davomida Namangan viloyatiga rahbarlik qilgan Bahodir Yusupovni ham shunga o‘xshash xato va kamchiliklarda ayblab, ishdan olgandi.

O‘zbekistonda hokim, vazirlik va idoralarning rahbarlari rasman deputatlar va senatorlar tarafidan tasdiqlansa-da, amalda shaxsan prezidentning o‘zi tomonidan tayinlanadi.

Ammo Karimov ularni ishdan chetlatarkan, kadrlar siyosati uchun shaxsan o‘zi yoki hukumatning kollektiv mas‘uliyati haqida gapirmaydi.

Prezidentning aytishicha, o‘tgan yili rahbar kadrlarning qariyb yarmi maxsus attestatsiyadan o‘tolmagan.

Oddiy odamlar rahbarlarning poraxo‘rligi, zo‘ravonligi va fuqarolarning shikoyatlariga e‘tiborsizligidan nolishadi.

BBCUZBEK ijtimoiy tarmoqlarda o‘z muxlislaridan hokim va amaldorlarning qanchalar layoqatli ekani, ular qanday talab va mezonlar asosida tayinlanishi, xalqqa hisob berish–bermasligi va hukumatning kadrlar siyosati sizni qoniqtiradimi, deb so‘ragan edi.

BBCUZBEK Facebook:

(O‘quvchilarimizdan olingan izohlarning aksariyati tahrirsiz berilmoqda –tah.)

Anvar Kasymxodjayev: Xokim fakat o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab yuradi, shu 3 yoki 4 ichida katta mablag‘ ko‘liga kiritsa ana usha xokim uchun natija,katta yutuk, halk bilan nima ishi bor uni halk saylamagan.Xalk saylamaguncha.. o‘g‘irlik kilaveradi..Xokimlarni fakat halk saylashi kerak....

Farkhod Abdurakhmonov: Hozirgi kadrlar siyosatining ahvoli shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu soha jiddiy islohotlarga muhtoj. Birinchi galda "Davlat xizmati to‘g‘risida" Qonun qabul qilish zarur va unda hokimlar, turli bo‘g‘indagi amaldorlar, davlat organlarida ishlovchi mutaxassislarning huquqlari, burchlari, majburiyatlari,vakolatlari aniq ko‘rsatilib, davlat xizmatiga ishga qabul qilish, lavozimlarga tayinlash shartlari aniq-tiniq qilib belgilanishi darkor. Mazkur qonunda davlat xizmatchilarining kasb etikasi, axloq me‘yorlari ham o‘z aksini topishi lozim. Agar hokim va amaldorlar faoliyatiga umumiy baho beradigan bo‘lsak, mening shaxsiy fikrim shundan iboratki, ularda kompetentlik yetishmaydi, ya‘ni, birinchidan, ularning siyosiy madaniyatlari past, ikkinchidan, ular chuqur analitik fikrlash qobiliyatiga ega emaslar, uchinchidan, ularda liderlik salohiyati mavjud emas, to‘rtinchidan, muammolarni hal etishda professionallik yetishmaydi, beshinchidan, muomalalari qo‘pol, kibrga, manmanlikka berilganlar, oltinchidan, dunyoqarashlari tor darajada, strategik fikrlay olmaydilar, yettinchidan, o‘z ustlarida ishlamaydilar, sakkizinchidan, poraxo‘rlik va korruptsiyaga ru‘jo‘ qo‘yganlar, to‘qqizinchidan, ob‘ektiv emaslar, o‘z ish faoliyatlarida tanish-bilishchilik, oshno-og‘aynigarchilik, qarindosh-urug‘chilik, mahalliychilikka yo‘l qo‘yadilar, o‘ninchidan, xalqni adolatsiz boshqaradilar, ikkiyuzlamachidirlar, o‘n birinchidan, o‘zlaridan quyida turuvchilarga va xalqqa nisbatan nopisandlik qilgan holda, o‘zlaridan yuqori turuvchilarga laganbardorlik, xushomadgo‘ylikni kasb etib olganlar, o‘n ikkinchidan, o‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, davlat manfaatlaridan ustun qo‘yadilar. Shulardan kelib chiqib hokim va amaldorlarni layoqatli hamda o‘z egallab turgan lavozimlariga munosib deyish qiyin. Mazkur vaziyat Hukumatning kadrlar siyosati qoniqarsizligidan dalolat beradi. Halollik, vatanparvarlik, bilimdonlilik, jiddiylik, printsipiallilik, professionallilik kadrlarni tanlashda asosiy mezon, tamoyil bo‘lmog‘i zarur, lekin amaliyotda bularning o‘rnini mahalliychilik, tanish-bilishchilik, oshno-og‘aynigarchilik, qarindosh-urug‘chilik, klanchilik, poraxo‘rlik va korruptsiya egallab kelmoqda. Bunday bemazagarchiliklar yo‘li bilan lavozimga kelgan hokim hech qachon o‘z xalqi oldida hisobot bermaydi. Kadrlar siyosatini isloh etishda mazkur yo‘nalishda ma‘sul bo‘lgan shaxslarga nisbatan javobgarlikni oshirish talab etiladi. Respublikada 14 ta ma‘muriy birlik ichida 160 ga yaqin tumanlar bor, ularda munosib hokim tayinlanishi faqat bitta shaxsga bog‘liq emas, shuning uchun bu ishga aloqador mansabdorlarning o‘z navbatida halol va xalqparvar bo‘lishlari muhimdir. Shuningdek, kadrlar siyosati samarali bo‘lishi uchun hokim va amaldorlarning oyliklarini oshirish, muayyan imtiyozlarni qonunan belgilab qo‘yish, mahalliy hokimiyatlarning hududni boshqarishlarida vakolatlarini, erkinliklarini oshirish va tegishlicha javobgarliklarini ham kuchaytirish kerak. Hokimlar joylarda faqat ijrochi bo‘lib qolishlari maqsadga muvofiq emas. Menimcha, joylardagi ahvol uchun vazirlik va idora rahbarlari ham javobgar bo‘lishlari adolatli hisoblanadi.

Ali Khan: Agar prezident xokim saylashga kiynalsa, nega bu ishni xalkka topshirmaydi? O‘shanda bu miyasi zang bosgan korinboylar fakat uzidan tepadagilar bilanmas, uz xalki bilan xam xisoblashishni boshlasharmidi?!

Husniddin Karabayev: Ba‘zi mas‘uliyatli lavozimlarga qo‘yishdan oldin, oldingi lavozimlarda nima ish qilgan, qay darajada tajribasi, xalqqa nimasi bilan o‘zini ko‘rsatgan – qay darajada foydasi tekkan...u boshqargan joyda yoki rayon hokimi bo‘lganida korruptsiya , jinoyat qay darajada o‘sgan...va hokazolarni aniqlab lavozimga qo‘yish kerak. Laganbardorlarni esa lavozimga qo‘yish kerak emas.

Mirza Anvar Xamidov: Hokimlar prezidentning buyruqlarini bajaradigan richag xalos. Ulardan talab bitta, javob bitta - xo‘p bo‘ladi!

Abdumurod Turgun: Tekinga kelsa agar shu kursiga insof bn ish tutadi.Kotta pul evaziga kelgandan kegin bu lovozim biznesga aylanadi.Biznesmenlarni konun koydasi bor.100 tiyindan 200 tiyin kayirish kerak.

Mansur Murodov: Vijdonan ishlaydigan yaxshi ma‘naviyatli, madaniyatli kadrlar juda kup ammo ular ishlashni xoxlashmaydi, sababi oddiygina ular nafsini jilovlagan odamlar.

Uzbek Real: Jilovlangan nafs ham 1.5 million so‘mlik oylikka yashay oladimi? Yasholmaydi...yasholmaydi...

"Boshimdan o‘tganlari..."

O‘zini urgutlik deb tanishtirgan Sasha Aliev esa prezident Karimovni Urgutga taklif qiladi.

U qanday qilib oshxona ochgani va keyin bu oshxonaga boshqalar, uning da‘vo etishicha, Urgutdagi mulozimlar ega chiqqanini yozadi.

Yunhee Kim esa uni "dardini dasturxon qilishda" ayblaydi. Qaytaga bu arizasi bilan markazdagi tegishli idoralarga chiqishi kerakligi maslahat beradi. "Facebookka dardingizni aytganingiz bilan ustingizda hamma kuladi", deydi Yunhee Kim.

Bahsga qo‘shilgan Ali OzTurk esa nima uchun ishlab topgan pullarini … berishi kerak, xaqini talab qilish jinoyatmi, deb so‘raydi.

Yahyoxon Karimovga ko‘ra, "bunaqa narsalarga" bosh qotirish kerak emas.

"Mansabdorlarni yaxshi taraflariyam bor, pora olishga kelsak, yuqoridagilar ham yaxshi biladi. Pora beradigan kim? O‘zimiz pora uzatamiz, aslida hamma gap omi insonlarda…Bunaqa qilib mansabdorlarni yomon ko‘rsatish, xolos, ularni aqlsizlik bilan ishdan olsak, parokandalikka yuz tutamiz, ular pora olgani bilan el-yurtini sotmiydi, tinchlikni hohliydi…"

Shuhrat Ikrom: Singapurni tajribasidan foydalanish kerak. Korruptsiyani bartaraf etish yagona yuli shu.

Tursunoy Muxsimova: To‘g‘ri ko‘pchiligi cho‘ntaklarini qappaytirib olishadi ,ishdan ketib mazza qiliiib yeb yotishadi ,xalq bn nima ishlari bor?

Furkat Abdullajanov: Xammasi sokkakash. Lavozimga utirish uchun kancha pul ketkizgan uni xalkdan undirib olish kerak axir. Uz bilimi, mexnati bilan kattarok lavozimga erishganlar Uzbekistonda sanog‘lik bulsa kerak. Agar bulsa!

"Bizga Ota emas, asl farzand kerak..."

BBCUZBEK Odnoklassniki:

D A N G A S A: Iclom Karimovni o‘zini ishdan olish kerak. 27 bo‘ldi, kadr tanlashni bilmas ekan, joyni bo‘shatsin yoshlarga. Bilagida kuchi bor, xalqi uchun jonini beradigan, kadr tanlashda adashmaydigan farzand bo‘lsin. Ota emas, asl farzand kerak bizga, baraka topgurlar!..

Eldorbek Bekmurodov: O‘zbekistonda prezident layoqatli bo‘lganida edi, amaldorlar ham layoqatli bo‘lur edi…Yuqorida aytilganiday O‘zbekistonga "ota" emas uddaburon, xalkning dardini tinglaydigan, xalk manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan farzand kerak!

Doniyor Kurbonov: Xar bir odam fakat uzini uylagandey stulda utirganlar xam uzidan boshkasini uylameydi.Shu boshkaruv stuliga erishib kiladigan ishi imkon darajada yigib olish.Bushagandan kegin yurt yonsa yonib ketmeydimi ularga baribir.

Jamshid Ayubov: Meni siyosat bilan ishim yuk keragi yurt tinch oilam bexavotir uxlaydi xamma uz ishiga borib kelyapti menga shunisiyam yetadi davlatlarga uxshab kochib kurkib yurganimiz yuk unday xayot kimga kerak xudoga ming karra shukur shunday davlatga yashayotganimdan buni uzi bulmaydi

xushnuddin muxitdinov: Xokimlarni saylov orkali tanlash kerak. Lavozimga kuyguncha kimligini xech kim bilmaydi. Xar yili gazetalarda kilingan ishlar xakida ma‘lumot berishsin.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - bbcuzbeklondon

Bu mavzuda batafsilroq