Putin qanday qilib Suriyada o‘z maqsadlariga erishmoqda?

Image copyright AP
Image caption Putin o‘z maqsadlariga erishish tomon yaqin bormoqda

Prezident Vladimir Putin G‘arbning diplomatik qahriga uchradi.

Uning tashabbusi bilan Qrimning anneksiya qilinishi va Ukraina sharqidagi harbiy mojarolarda ishtiroki Ovro‘poning sovuq urush tugaganidan keyin qabul qilgan odatiy munosabatlar modelini sindirdi.

Rossiya harbiy ishtirokining o‘sib borishi va NATO chegaralari yaqinida o‘tkazilayotgan harbiy mashqlar xavotir uyg‘otarkan, hatto Shvetsiya kabi mamlakatlar ham endi Rossiya bilan muammo bo‘lishi mumkin emas deb, qaray olmaydi.

NATOga a‘zo mamlakatlar xohlamasdan va sekinlik bilan harbiy xarajatlarni oshirmoqda, AQSh esa Ovro‘podagi o‘zining ishtirokini mustahkamlash qadamlarini qo‘ymoqda.

Albatta, bunga javoban Rossiya aynan NATOning kengayishi sababli o‘zining harbiy jangovarligini oshirishga majburligini bildirmoqda.

Biroq gap muxoliflarining biridan qutulish uchun o‘z josuslarini Londonga jo‘natib, Britaniyaning poytaxtida radioaktiv modda izini qoldirgan hukumat haqida ketmoqda.

Qiziq tomoni shuki, Rossiya Bashar Assadni qo‘llab-quvvatlayapti, degan gaplarga G‘arb Rossiya va G‘arbni tutash maqsadlari bor deb javob berishda davom etyapti.

Bir hafta oldin Rossiyaga Suriyada diplomatik yo‘l bilan tinchlikka erishishda hamfikr hamda kerakli chora va qarorlar qabul qilishda muhim ovoz deb qaralgandi.

Suriya armiyasi va uning ittifoqchilarining Halabga yurishidan keyin ham shunday qarash saqlanadimi, buni vaqt ko‘rsatadi.

Aynan Rossiya aviatsiyasi hujumlari Suriya hukumati taqdirini o‘zgartirtirdi.

Mojaroning yechimiga bag‘ishlangan xalqaro muzokaralar bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan bu amaliyotlar muhokamalar boshlanmasidan oldinoq unga salbiy ta‘sir qildi.

G‘arbning ko‘zidagi parda ochilib, Rossiyaning haqiqiy maqsadi nima ekanini aniqlash payti keldimi?

Biz hozir axloq haqida va nima to‘g‘ri ekanligi haqida gapirmaymiz,- bu ikkala tomon uchun ham og‘riqli tarzda yetishmaydi.

Suriya- bu o‘ta mushkul muammo va urush davom etayotgani uchun aynan bir kishini aybdor qilib bo‘lmaydi.

Biz haqiqiy siyosat deb ataladigan siyosat haqida gapiryapmiz. Moskva maqsadga qanday erishilishi haqida G‘arbga jiddiy dars berdi.

G‘arb Suriya mojarosi harbiy yo‘l bilan yechilishi mumkin emas, deb biladi, biroq Moskva buning teskarisini ustalik bilan ko‘rsatmoqda.

U mag‘lubiyatga uchrasa, hamma narsani yo‘qotishi mumkin bo‘lgan tomonni tanladi.

Bu tomon "Hezbolloh" jangarilari kabi, Eron tomonidan tuzilgan va eronlik qo‘mondonlar boshqaradigan turli harbiy guruhlar ko‘rinishida anchayin kuchli ittifoqchilariga ega edi.

Va Rossiyaning o‘zi ham vaziyatni o‘zgartirish uchun ko‘p mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keldi. Juda kam vaqt ichida jang maydonida natijalar o‘zgardi.

Rossiya o‘z oldiga Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlash va unga mamlakatning katta qismini nazoratda ushlab turish uchun yordam berish maqsadini qo‘ydi.

Bu maqsad yo‘lida Rossiya Turkiya tomonidan dastaklangan isyonchilarga qarshi, Fors ko‘rfazi mamlakatlariga va G‘arbga qarshi o‘z aviatsiyasini jo‘natdi va ular ustidan g‘alaba qozonmoqda.

Har qadamda noaniqliklar bilan to‘qnash kelayotgan muammoga g‘arbcha yondashuv kontrasti qanday?

G‘arb mo‘‘tadil isyonchilarni dastaklaydi, biroq ularning o‘zi kim?

Ularning ko‘pchiligi "Al-Qoida"ga yaqin guruhlar bilan o‘z ixtiyoriga qarshi hamkorlik qila boshlashdi.

Albatta G‘arb ko‘proq "Islomiy davlat" ekstremistik guruhiga qarshi kurashga e‘tibor qaratgan.

Va shu boisdan Vashington bilan "Al Qoida" bir tomonda bo‘lib qolishgani qarama-qarshilikning, ziddiyatning birinchisi.

Biroq bu uning mintaqadagi Saudiya Arabistoni va Turkiya kabi ittifoqchilari uchun ham eng birinchi vazifa hisoblanadimi?

Yo‘q, ularning asosiy vazifalari Suriyada o‘zlarining stretegik mavqe‘larini mustahkamlash va Bashar Asadni ag‘darish.

"Islomiy Davlat" ham ularning dushmani sanaladi, lekin ikkinchi darajada ekani ziddiyatning ikkinchisidir.

Rossiya hukumati Suriyada zamonaviy harbiy texnikalarini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazmoqda.

Bu yerda kurd masalasi ham bor.

Kurd jangchilari urushda G‘arbning eng samarali ittifoqchilari bo‘lib qolmoqda.

Biroq turklar ularni xavfli hisoblaydi va kurdlarning har qanday birlashishi muammoning uyasi hamda undan har qanday bahoda bo‘lsa ham qutulishni istaydi.

Bu qarama-qarshilikning uchinchi tomoni.

Bularga solishtirganda prezident Putinning vaziyati ancha boshqacha.

Uning G‘arb liderlaridan ustun jihati u jamoatchilik fikri haqida qayg‘urishi kerak emas, deb tez tez gapiriladi.

Shu tariqa Rossiya uchog‘ining Misrda halokatga uchrashi hukumat siyosati bo‘yicha noroziliklarni keltirib chiqarmadi, bunday holat G‘arbda bo‘lganida yuz berishi tabiiy edi.

Lekin keling mantiqan o‘ylab ko‘raylik.

G‘arb siyosatini jamoatchilik fikrining aksi deyishimiz mumkinmi?

Aftidan, jamiyat uning siyosatini namoyon etuvchilardan kam xavotir olmaydi.

Aslida, qochqinlarning dengizda halokatga uchrashiga qanday munosabat bildirish kerak? Ularning dahshatli azoblari va joylarda nazorat qilib bo‘lmaydigan qarama qarshiliklar, bir vaqtning o‘zida juda olis va shu bilan birga juda yaqindek.

Putin esa Suriyada qo‘yilgan harbiy vazifalarga shunchaki erishmayapti. Uning muvaffaqiyati Suriyani ikki bo‘lakka: Suriya hukumati nazoratidagi qirg‘oq qism va ID qo‘li ostidagi boshqa hududga ajratishi mumkinligi bilan xavf solmoqda.

Putin ot ustida...qachongacha?

Tomonlar Suriyada o‘z vazifalarini yechar ekanlar, Ovro‘poga tomon qochqinlar oqimi tinmayapti.

Shunday qilib G‘arb oldida qanday yo‘l qoladi?

Putin Rossiya Yaqin Sharqda u bilan hisoblashish lozim kuchligini namoyish qilar ekan, AQShda sarosimalik kuchaydi.

Putin Rossiya cheklangan bo‘lsada, qudratli ekspeditsion kuchga ega ekanini ko‘rsatib, yangi harbiy texnikalarni muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazmoqda.

Shunday ekan, Putin ma‘lum ma‘noda g‘alabaga erishdi deb aytsa bo‘ladi.

Biroq bu qachongacha davom etishi mumkin?

Rossiyaning o‘zining ahvoli ham maqtanarli emas. Neft narxlarining arzon bahosi saqlanib qolar ekan, prezident o‘zini sovet davrlaridagi kabi ruhda tutishni eplay oladimi?

Shu bilan birga Suriyada tinchlik masalasi bo‘yicha chalg‘imaslik kerak- bu o‘lik tug‘ilgan bola.

Urush harakatlari davom etadi, mo‘‘tadil deb atalovchi kuchlar ham, hukumat ham "Islomiy Davlat" jangarilari o‘rtasida qolgan.

Kurd masalasi doimiy ravishda o‘zini eslatib turadi.

G‘arbiy Ovro‘poga tomon qochqinlar oqimi to‘xtamaydi.

Agar qandaydir xulosa kerak bo‘lsa, aytish mumkinki, Putin nima xohlayotganini biladi. Va hozircha u o‘zining maqsadlariga erishmoqda.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq