Qrim Tatarlar Majlisi taqiqlanadimi?

Image copyright Reuters
Image caption Poklonskaya xonimga ko‘ra, Majlisni taqiqlashni boshqa qrimtatar tashkilotlari so‘rashmoqda

Qrim Prokurori Natalya Poklonskaya 15 fevralda Qrim Oliy mahkamasidan Qrim tatarlar majlisini ekstremistik tashkilot deb tan olib, faoliyatini Rossiyada taqiqlashni talab qilgan.

Talabnomaning nusxasi Majlis raisi o‘rinbosari Narimon Jalilovga topshirilgan.

Poklonskaya xonimga ko‘ra, Majlisni taqiqlashni so‘rab boshqa qrimtatar tashkilotlari o‘zlari yozma murojaat qilganlar.

Image copyright RIA
Image caption Majlis yetakchilari Jamilev va Gumerovga Rossiyaga kirish taqiqlangan

Ushbu xatda "o‘zini qrim tatarlar yetakchilari deb ataganlar" "tinch va mehnatkash xalqni gij-gijlamoqda" "Qrimni qamaldan chiqarishni" talab qilmoqda. Hech qanday qamal emas, yarim orol aholisining referendumda tasdiqlagan "Qrimning Rossiyaga birlashishi" yuz bergan kabi ta‘kidlar keltirilgan.

"Qrim birligi" jamoatchilik tashkiloti rahbari Sayitumar Nematullayev o‘zining imzosi yoniga "jamoatchilik tashkilotining 12000 a‘zolari" deb yozganiga izoh berarkan, ular uchun imzo chekmagani, balki sonini ko‘rsatganini aytadi BBCga. Bundan tashqari Nematullayev xatning muallifi aynan kimligini eslolmagan.

Majlis o‘zini qrim tatalar ijroiya idorasi deb ataydi. Qurultoy qonun chiqaruvchi organi hisoblanadi. Ikkala tashkilot ham 1991 yil sovet hukumatining qrim tatarlarga qarshi qatliomi asoratlarini bartaraf etish maqsadida tuzilgan.

Majlis asoschilaridan Mustafo Jamilev 2013 yilda bu lavozimga o‘z nomzodini boshqa qo‘ymasligini aytgan. Refat Chubarov yangi rahbar etib saylangandi. Chubarov va Jamilevga 2019 yilga qadar Rossiyaga kirish taqiqlangan.

Qurol bilan yoki qurolsiz
Image copyright RIA

"Majlisni taqiqlash mumkin emas, deb aytgan Mustafo Jamilev. - U xalq tomonidan saylangan va faqat xalq s‘ezdi qarori bilan tarqatilishi mumkin. Shuning uchun majlis a‘zolariga bosim o‘tkazib, ularni Qrimdan haydab chiqarmoqchi, uning o‘rniga Qrimda qandaydir boshqa tashkilot tuzmoqchi. Bu tizimlarni boshqarish Xerson viloyatida Genichesk sobiq shahar hokimi bo‘lgan Nematullayevga o‘xshagan odamlarga beriladi. Ularga Ukrainada yirik miqdorda pulni o‘marish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bunday odamlar Ukrainada nima qilishlari mumkin?"

Sayitumar Nematullayev esa o‘z navbatida Majlisni nodemokratlikda ayblagan.

"23 yil Jemilevning rahbarligida o‘tganlar. U o‘ziga nima yoqsa shuni qilgan, kim unga qarshi bo‘lsa, Jamilevga kerak bo‘lmagan. U Qrim tatarlarni Shimoliy Koreyadagi kabi boshqarmoqchi bo‘ldi. Majlis uning nomi bilan tushuniladi, shuning uchun boshqa nom olishi kerak, yig‘ilish yoki "K‘yrym" deb. Buni xalq o‘zi tanlaydi, deydi u.

Jemilevning fikricha, Ukraina hududiy yaxlitligini Qrim aholisiga tushuntirish ishlari olib borib, tiklash mumkin. Kiyevdan sun‘iy yo‘ldosh orqali qrimtatar tilida ATR telekanali bor. Ko‘rsatuvlar ukraincha, turkcha, rus tilida olib boriladi. Qrimning o‘zida hukumatga qarashli "Millat" kanali ish boshlagan.

"Ko‘p qrimtatarlar uchun Rossiya pasportini olish ehtiyoj. Uningsiz shifokorga murojaat qilib bo‘lmaydi, ishga joylasha olmaydi. Qrimda Rossiya pasportini olish Rossiyani quvvatlash deganiemas. Shu bois haqiqiy kollabornatsionistlar kam, ularga ham tushuntirish kerak. Men hatto shundaylarni qo‘shnilar to‘yga aytmaganlarini bilaman.", deydi Jamilev.

Image copyright RIA

Kabir-jome‘ masjidida jamoa namozi 1944 yilda Qrim xalqlari deportatsiyasi qurbonlariga bag‘ishlangan. Ular orasida 180 ming qrimtatarlar bo‘lgan.

2015 yil Qrim bilan chegarada tuzilgan Qrimtatar bataloniga Qrim majlisining taqiqi ta‘sir qilmaydi. Jamilevga ko‘ra, Rossiya armiyasi Qrimdan chiqib ketgach, batalon yarim orolda tartib o‘rnatadi.

"Bundan tashqari biz Ukraina mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma batalon tuzishni so‘raymiz. U Chechenistonda bo‘lgani kabi etnik tozalash hodisasi yuz beradigan bo‘lsa, ko‘mak beradi", deydi Jemilev.

Qrim Majlisi a‘zosi Narimon Jalilovning aytishicha, tashkilot qo‘liga qurol olmaydi.

"Milliy Qrim tatarlari harakatining butun tarixi shuni ko‘rsatadiki, biz vaziyatdan kelib chiqib doim zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan yo‘llarni topganmiz".

Turkiya izi

Poklonskiy arizasi Majlis vakillari bilan Turkiya Bosh vaziri Ahmat Dovuto‘g‘lining uchrashuvi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Ikkala tomon ham Qrim Rossiya tomonidan bosib olingan deb biladi. Narimon Jalilovning aytishicha, bu uchrashuvni Rossiya Turkiya munosabatlari yomonlashganiga aloqasi yo‘q.

"Rossiyaning kim bilandir munosabati yomonlashadi yoki yaxshilanadi, buning ahamiyati yo‘q. Rossiya xalqaro huquqni buzdi, unga bu haqda aytilyapti va u quloq solishi kerak. Bu faqat Qrimga emas, Ukraina sharqiga ham, butun mammlakatlar va xalqaro tashkilotlarga bog‘liq. Rossiya munosabatlar yo‘lga qo‘yilishidan manfaatdor. Lekin bunaqa taqiqlar, bosimlar, tintuvlar bilan muammoni o‘zicha hal qilmoqchi bo‘lyapti. Tarix bunday usullar muvaffaqiyat olib kelmasligini ko‘rsatadi", deydi Jalilov.

2001 yilda Ukrainada o‘tkazilgan so‘rov bo‘yicha Qrimda 243 ming qrimtatarlar yashagan. Rossiya Qrimni bosib olgach, turli hisoblar bo‘yicha yarim orolni 20 mingga yaqin qrimtatarlar tark etganlar.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq