"Putin eng muloyim prezident"mi?

Image copyright AP
Image caption Putinni sevadigan futbolchi

Istanbulda "Fenerbaxche" va "Lokomotiv" futbol jamoalari o‘yinidan keyin Dmitriy Tarasovning "qilig‘i" Turkiya matbuoti va jamoatchiligining tanqidlariga sabab bo‘lgan.

Bellashuvda "Fenerbaxche" 2 -0 hisobiga Dmitriy Tarasov a‘zosi bo‘lgan "Lokomotiv" jamoasi ustidan g‘alaba qiladi.

Tarasov futbolkasini yechadi va ... prezident Putin paydo bo‘ladi ... maykasida.

Putinning harbiycha kiyimda tushgan surati ostida esa "eng muloyim prezident" degan yozuv ko‘rinadi.

Futbol ishqibozlariga tabiiyki, Tarasovning Putinga nisbatan bunaqa muhabbat izhori yoqmagan.

Turkiyaning Yeni Safak gazetasi ayni voqeani "Putinning ig‘vosi" deb ta‘rifladi.

Tarasovning o‘zi esa shu yo‘l bilan prezidentni dastaklashini bayon qilmoqchi bo‘lganini aytdi.

"U mening prezidentim. Uni hurmat qilaman va har qayerda prezidentni qo‘llashimni ko‘rsatib qo‘ymoqchi edim".

"Bu maykada men nima demoqchi bo‘lganim yozilgan", deydi Tarasov.

Rossiya uchog‘i Turkiya tomonidan urib tushirilganidan beri, "Lokomotiv" va "Fenerbaxche" o‘yini ikki davlat o‘rtasida kechgan eng yirik sport musobaqasi bo‘lmoqda.

Turkiyaga ko‘ra, Rossiya uchog‘i bu mamlakat havo hududini buzib kirgan.

Rossiya esa ayni da‘volarni rad etar ekan, Turkiyaga nisbatan bir qator jazo choralarini kiritgandi.

UEFA qoidalariga ko‘ra, o‘yinlar davomida har qanday siyosiy bayonotlar taqiqlanadi.

"Lokomotiv" o‘z futbolchisining namoyishkorona putinparastligi uchun tartibga chaqirilishi mumkin.

O‘yin boshlanishidan avval turkiyalik ishqibozlar "Lokomotiv" futbolchilari tushgan avtobusga qarata bo‘sh shishalarni irg‘itishgani xabar qilingan.

Turkiya politsiyasiga ko‘ra, ayni hodisa tufayli uch ishqiboz hibsga olingan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq