O‘zbek armiyasi mintaqada eng kuchli

Jahon davlatlarining harbiy qudrati reytingida O‘zbekiston 126 davlat orasida 54-o‘rinni olgan.

Reytingni tuzgan Global Firepower nashriga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi, sobiq sovet davlatlari orasida esa to‘rtinchi qudratli armiyaga ega.

O‘zbekiston armiyasi 420 ta tank, 715 ta harbiy mashinalar (BTR va BMP), 880 ta shatakka olinuvchi artilleriya, 143ta o‘zi yuradigan artilleriya uskunalari, 109 baravariga o‘t ochuvchi reaktiv tizim, 166 ta uchoq, shu jumladan, 69 ta qiruvchi va 50 ta transport uchoqlari, shuningdek, 69 ta vertolyotlarga ega.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining soni 65 ming kishini tashkil etadi.

Harbiy xizmatga yaroqli aholi soni 13,3 million, har yili 600 mingdan ortiq odam chaqiruv yoshiga yetadi.

Reyting mualliflariga ko‘ra, O‘zbekistonning yillik harbiy byudjeti 70 million dollarga teng.

Ammo g‘arblik ekspertlarning aytishlaricha, 2010 yilda O‘zbekiston harbiy maqsadlarga 1.5 milliard dollar mablag‘ ajratgan.

Bu Yalpi ichki mahsulot hajmining taqriban 3,5 foizini tashkil etadi.

Muqoyasa uchun - Qozog‘istonning harbiy byudjeti AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasining ma‘lumotlariga ko‘ra, YaIM hajmining 1,1 foiziga teng.

Mintaqada O‘zbekistondan keyingi o‘rinni Qozog‘iston egallagan.

Eng zaif armiya esa Turkmanistonda.

Reyting mualliflari 50 ga yaqin omillar, jumladan, qurol-yarog‘larning umumiy soni, harbiy xizmatga yaroqli aholi soni, mamlakat iqtisodining ahvoli, jo‘g‘rofiy joylashuvi va tabiiy zahiralari kabilarni inobatga olishgan.

Reyting AQSh josuslik xizmati - Markaziy Razvedka Boshqarmasining ma‘lumotlari hamda ochiq manba‘lardagi ma‘lumotlar asosida tuzilgan.

Unda mamlakat siyosiy va harbiy rahbariyatining darajasi, shuningdek, yadroviy salohiyat hisobga olinmagani ta‘kidlanadi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon