"Anqaradagi hujum Suriya kurdlarining ishi"

Image copyright Getty
Image caption Portlashda 30 ga yaqin inson hayotdan ko‘z yumgan

Turkiya Bosh vaziri Anqaradagi halokatli bomba hujumida Suriyadagi kurdlarning "Xalq mudofaa qo‘mitasi"sini ayblab chiqqan. Hujumlarga aloqadorlik ayblovlari bilan 9 kishi hibs qilingan.

Ahmad Dovudo‘g‘li ular Turkiyada taqiqlangan PKK - Kurdiston Ishchi Partiyasi jangarilari bilan hamkorlikda ishlashganini aytgan.

Janob Dovudo‘g‘liga ko‘ra, portlashda 30 ga yaqin inson hayotdan ko‘z yumgan.

Turkiya chorshanba kuni kechda Iroq shimolidagi PKK kuchlariga qarshi hujum olib borgan, xabar qilinishicha, 70 ga yaqin jangari nishonga olingan.

Bosh vazir Dovudo‘g‘li o‘ldirilganlar orasida PKKning yuqori martabali a‘zolari ham borligini aytadi.

Ahmad Dovudo‘g‘li Anqaradagi bomba hujumini amalga oshirgan shaxsni Solih Nejar deb atagan va u Suriyadagi "Xalq mudofaa qo‘mitasi" a‘zosi ekanini aytgan.

"Hujum va "Xalq mudofaa qo‘mitasi" o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa borligi aniqlandi", deb aytgan u.

Uning aytishicha, hujum Turkiya ichkarisidagi PKK jangarilarining texnik yordamlari bilan amalga oshirilgan.

Ayni paytda Turkiya janubi-sharqidagi harbiy karvon nishonga olingani haqida xabarlar kelmoqda.

Portlash Diyorbakir va Bingol shaharlarini bog‘lovchi shoh yo‘lda yuz bergani va talofatlari borligi aytiladi.

Hozirgacha to‘la tafsilotlar aniq emas.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq