Turkiya va OI qochqinlar bo‘yicha majlis o‘tkazadi

Image copyright AP

Ovro‘po Ittifoqi va Turkiya mart oyi boshida muhojirlik mavzusida maxsus majlis o‘tkazadilar.

Ovro‘po Kengashi Prezidenti Donald Tusk Bryusselda OIning tungi muzokaralari ortidan muhojirlik ustivor masala ekanini bildirdi.

Ovro‘po Ittifoqi Turkiyaga qochqinlarni o‘z hududida uy-joy bilan ta‘minlashi evaziga 3 milliard yevro va‘da qilgan.

2015 yilda bir milliondan oshiq odamning OIga yog‘ilib kelishi Ovro‘poda Ikkinchi Jahon urushidan beri eng chuqur qochqinlik inqirozini keltirib chiqardi.

Qochqinlarning aksari Olmoniya va Avstriyaga yo‘l olganlar.

Avstriya juma kunidan boshlab kuniga faqat 80 boshpana arizasini qabul qilishini e‘lon qildi.

Ovro‘po Komissiyasi Prezidenti Jan-Klod Yunker Avstriya qarorini tanqid qildi va "o‘zboshimcha yondashuv tavsiya qilinmaydi", deb aytdi.

Payshanba kuni Gretsiyaning Lesbos oroli yaqinida 900 muhojirlar qutqarib qolingan.

Janob Tuskka ko‘ra, qochqinlar inqirozini hal etish uchun "Ovro‘po davlatlari o‘rtasida murosa" bo‘lishi kerak.

"Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak. Shuning uchun ham mart oyi boshida Turkiya bilan maxsus majlis o‘tkazish niyatimiz bor", - dedi u.

Olmoniya Kantsleri Angela Merkel Ovro‘poga yetib olishga urinayotgan muhojirlar soni oxirgi oylarda kamayganini aytdi, ammo bahor kelib havo iliqlashishi bilan muhojirlar oqimi yana kuchayishidan ogohlantirdi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon