Qudratda eng uzoq qolgan rahbarlar

Image copyright Getty
Image caption Uganda Prezidenti Yoveri Museveni beshinchi marta prezidentlikka nomzodini qo‘yadi

Ugandada prezidentlik saylovlari boshlangan. Unda joriy prezident, 30 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Yoveri Museveni nomzodi beshinchi marta qo‘yiladi.

Saylovda muxolifatdan yetti nomzod ham qatnashadi. Ular orasida prezident Kizza Besijening sobiq shifokori ko‘p ovoz olishi bashorat qilingan.

71 yoshli Museveni prezidentlik lavozimini 1986 yil fuqarolar urushidagi g‘alabasidan so‘ng egallagan. U Afrikadagi eng uzoq boshqarayotgan rahbarlardan biri.

Uning prezident lavozimidagi oxirgi muddati 2006 yilda tugashi kerak edi. Biroq Museveni 2005 yilda konstitutsiyadagi cheklovlarni bekor qilishga erishadi.

Taxtdagi "umri uzoq" rahbarlar.

Dunyo mamlakatlari yetakchilari orasida uzoq vaqt qudratda turganlar ko‘p.

Kimdir bu qudratga to‘ntarish orqali, kimdir saylovlar bilan yana kimdir ota-onasi orqasidan kelgan.

Eng ko‘p yillik rahbarlar - monarxlar.

Image copyright AFP
Image caption Qirolicha Yelizaveta II otasidan keyin taxtga o‘tirgan

Qirolicha Yelizaveta IIning Britaniya taxtiga o‘tirganiga qariyb 63 yil bo‘ladi.

Image copyright Reuters
Image caption Pxumipon Adulyadet

Biroq Tailandning 88 yoshli podshohi Pxumipon Adulyadet undan ham oldinroq, uzoq 1946 yilda hokimiyatga kelgan.

Image copyright AP

Eng uzoq boshqaruvchilar uchligini Bruney shahzodasi Hassanal Bolkiax yakunlaydi. U 1967 yil taxtga chiqqan.

Biz tanlaymiz, bizni tanlashadi...

Respublika yoki boshqa boshqaruv shakli mavjud mamlakatlarda ham o‘z kursisida uzoq o‘tirganlar talaygina.

Image copyright AFP

Kamerun Prezidenti 82 yoshli Pol Biyya mamlakatni rosa 39 yildan beri boshqaradi. U 1975 yil qudratga kelgan. Yetti yil bosh vazir bo‘lgan, so‘ng prezidentlikka saylan gan. O‘zining keksaligiga qaramasdan Pol Biya hali-beri rahbarlikdan ketish niyati yo‘q.

Image copyright AP

Жозе Эдуарду душ Сантуш Анголани бошқараётганига 36 бўлди. Узоқ бошқараётган раҳбарлар орасида у иккинчи ўринда.

Image copyright Reuters

Зимбабвенинг 92 ёшни қаршилаган президенти Роберт Мугабе, дунёнинг энг кекса президенти ҳисобланади. У Зимбабвени 1987 йилдан бери бошқаради.

Собиқ Иттифоқ республикаларининг баъзи давлат раҳбарлари ҳам юқоридаги ҳамкасбларидан қоладиган эмас. Бошқарувнинг президентлик шакли амал қиладиган Беларус ёки Марказий Осиё республикаларида сайловлар ўтказилишига қарамай, давлат раҳбари ўзгармаган.

Image caption Islom Karimov 1989 yildan beri O‘zbekiston rahbari

Ўзбекистон Президенти Ислом Каримов мамлакатни 27 йилдан бери бошқаради.

Image caption Nursulton Nazarboyev

Uning qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev ham 27 yillik davlat rahbari stajiga ega.

Image copyright httpwww.president.tj
Image caption Imomali Rahmon

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon 1992 yil prezidentlikka saylangan.

Bu uchchala mamlakatda ham prezidentlik muddatini uzaytirish uchun Konstitutsiyaga bir necha bor o‘zgartirishlar kiritilgan.

Image copyright RIA Novosti
Image caption Gurbanguli Berdimuhammedov

Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurod Niyozov o‘limidan so‘ng 2007 yil prezidentlik lavozimini egallagan Gurbanguli Berdimuhammedovning davlat rahbari sifatida umri qariyb 10 yilga teng.

Image copyright Reuters
Image caption Aleksandr Lukashenko

Belarusning birinchi Prezidenti bo‘lgan Aleksandr Lukashenko 1994 yildan beri mamlakat rahbaridir.

Image copyright Getty
Image caption Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev otasi Geydar Aliyevdan keyin 2003 yilda prezidentlikni olgan va yana uch saylovda qayta saylangan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon