Rossiyaliklarning armiyaga ishonchi ortgan

Image copyright AP
Image caption Suriyadagi havo zarbalari armiyaga ishonchni kuchaytirgan

"Levada markazi" o‘tkazgan omma so‘rovi natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning armiyaga ishonchi SSSR qulaganidan buyon eng yuqori darajaga ko‘tarilgan.

Rossiyaliklar mamlakat Qurolli kuchlari bilan faxrlanishadi, majburiy harbiy xizmatga chaqiruvning saqlanib qolishi tarafdori va o‘zlari ham yaqinlarini muddatli harbiy xizmatga yuborishga tayyor.

"Vedomosti" nashrining yozishicha, "gap faqat Qrim yoki Suriyada emas".

"Inqiroz vaqtlarida obro‘li va ijtimoiy jihatdan yuqori darajada kafolatlangan harbiylik ko‘pchilik nazarida "barqarorlik oroli" bo‘lib ko‘rinadi", deb yozadi nashr.

"Levada markazi"ning ma‘lumotlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari tashqaridan dushmanning hujumini muvaffaqiyatli qaytara oladi, deb ishonadiganlar soni oxirgi 10 yilda 62 foizdan 81 foizga oshgan.

Rus armiyasining mag‘lubiyatidan qo‘rqadiganlar soni esa 28 foizdan 11 foizga tushgan.

Markaz rahbarining o‘rinbosari Aleksey Grajdankinning aytishicha, rossiyaliklarning armiyaga munosabati o‘zgarishiga qator omillar sabab bo‘lgan.

Image copyright RIA Novosti
Image caption "Qizil Armiya hammadan kuchli"

Jumladan, Rossiya maxsus kuchlarining Qrimdagi amaliyoti, Suriyadagi havo zarbalari va shuningdek, harbiy paradlarda zamonaviy qurol-yarog‘larning namoyish qilinishi jamiyatdagi vatanparvarlik kayfiyatlarining ko‘tarilishiga xizmat qilgan va rossiyaliklarga "Qizil Armiya hammadan kuchli" degan ishonchni qaytargan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon