O‘zbekiston Ukrainaga qo‘shimcha bojni bekor qildi

Image copyright uz24.uz

O‘zbekiston hukumati 2015 yil iyulida Ukraina mahsulotlari uchun joriy etilgan 5 foiz miqdoridagi qo‘shimcha bojni muddatidan avval bekor qilgan.

Import boji vaqtinchalik, 1 yil muddatga joriy etilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligining web sahifasida chop etilgan rasmiy xabarda aytilishicha, qo‘shimcha boj Vazirlar Mahkamasining 18 fevraldagi qaroriga muvofiq bekor qilinmoqda.

O‘zbek tomoniga ko‘ra, qo‘shimcha boj Ukraina hukumatining 2015 yil fevralida, jumladan, O‘zbekiston mahsulotlariga 1 yil muddat bilan 5-10 foizlik import boji kiritish qaroriga javob qadami edi.

O‘zbekiston hukumati o‘z qarorini mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bilan izohlagan.

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xabarida aytilishicha, avvalroq ukrain tomoni ham bojlarni bekor qilgan.

Ukrainaning savdo vakili Natalya Mikolskaya o‘zbek hukumatining qarorini olqishlagan.

"O‘zbekiston Ukraina mahsulotlariga qo‘shimcha bojni bekor qildi. Bu 5 oylik ishning natijasidir", deb yozgan Ukraina Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirining o‘rinbosari Mikolskaya xonim o‘zining Facebook dagi sahifasida.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon