Moskvada bola boshi bilan ayol hibsga olingan

Image copyright RenTV

Moskva politsiyasi enagalik qilgan bolani boshini tanasidan judo qilgan ayolni hibsga olgan.

38 yoshli qora libosga burkangan ayolning markaziy osiyolik ekani xabar qilinmoqda.

Bundan oldin o‘t qo‘yilgan kvartiralardan birida uch yoki to‘rt yoshdagi qizning boshsiz tanasi topilgan edi.

Politsiya enaga bola boshini tanasidan judo qilib, so‘ng xonadonga o‘t qo‘ygan, deb ko‘rmoqda.

Moskva rasmiylari metroning "Oktyabrskoye pole" bekati kuzatuv kameralaridan fotosuratni e‘lon qilganlar.

Unda qora hijobdagi ayolning bolaning boshini qo‘lida ushlab turgani aks etgan.

Politsiya ayolni hibsga olgan.

Bundan oldin ayol yonida portlovchi modda bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqalgan.

Metro bekati yopilgan.

Portlovchi modda topilmagan.

Ayolning ruhiy sog‘ yoki sog‘ emasligi tekshirilmoqda.

"Dastlabki axborotga ko‘ra, bolaning enagasi, Markaziy Osiyo davlatlaridan birining 1977 yilda tug‘ilgan fuqarosi bolaning ota-onasi va oilaning kattaroq farzandi chiqib ketishini kutib turgan. Hozircha noma‘lum sababga ko‘ra, go‘dakni o‘ldirgan, kvartiraga o‘t qo‘ygan va hodisa joyini tark etgan", deyiladi Moskva shahri Tergov qo‘mitasi tarqatgan bayonotda.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida ayolning o‘zbekistonlik ekani haqidagi xabarlar tarqab ketgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon