"Super seshanba" Klinton va Tramp mavqelarini mustahkamladi

Image copyright AFP y Reuters

1 марt kuni AQShning qator shtatlarida prezidentlikka nomzodni aniqlash maqsadidagi ovoz berishlar natijasida Demokrat Hillari Klinton va Respublikachi Donald Tramp ko‘p dastakni qo‘lga kiritganlar.

Ikki siyosatchi o‘z partiyalaridan nomzodlari ilgari surilgan raqiblariga nisbatan ko‘p ovoz to‘plab kelishayotgan edi, AQSh saylovida “Super seshanba” deb ataladigan saralashda ko‘proq shtatlarda ovoz yutishga muvaffaq bo‘lganlar.

1 mart kuni praymeriz va kokuslar AQShning 11 shtatida o‘tkazilgan.

Shu kuni Respublikachilar partiyasi AQSh Samoasida, Demokratchilar esa Alyaskada kokus o‘tkazganlar.

Demokrat nomzod Hillari Klinton Alabama, Jorjiya, Tennessi, Virjiniya, Arkanzas, Texas va Massachusets shtatlarida, shuningdek AQSh Samoasida ham g‘alabaga erishgan.

Respublikachi Donald Tramp esa Alabama, Jorjiya, Massachusets, Tennessi, Virjiniya, Arkanzas va Vermont shtatlarida birinchi o‘rinni egallagan.

Demokrat Berni Sanders 4 shtat, jumladan o‘zining Vermont shtatida Klinton xonimdan ko‘p ovoz to‘plagan.

Respublikachi Ted Kruz Texas va Oklaxomada Trampdan ko‘p ovoz yiqqan.

“Super seshanba” 8 noyabrga mo‘ljallangan AQSh prezidentlik saylovida ovoz berishdan oldingi eng muhim kun deb ko‘riladi.

Shu kuni har bir partiyaning yozga mo‘ljallangan qurultoyiga delegatlar saylanadi.

Har bir shtatdan s‘ezdga boradigan delegatning soni prezidentlikka nomzodning o‘sha shtatdan qancha foiz ovozni to‘plaganiga qarab belgilanadi.

Bir shtatda uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinni egallagan prezidentlikka nomzodning dastaklovchilari ham partiya qurultoyida ishtirok eta oladilar.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq