G‘arb "Yovuzlik imperiyasi"ni qachon va nima uchun so‘kkan edi?

Image copyright Reuters
Image caption "Rossiya va Bashar al Assad o‘zaro til biriktirishgan, qochqinlarni o‘zlari uchun qurolga aylantirishmoqda va Ovro‘poni sindirishmoqchi"

NATO Qurolli kuchlari oliy qo‘mondoni, amerikalik general Filip Bridlavga ko‘ra, Rossiya Ovro‘poda muammolar yaratish uchun ataydan Suriyadan qochqinlar oqimini ko‘paytirishga harakat qilmoqda.

"Rossiya va Bashar al Assad o‘zaro til biriktirishgan, qochqinlarni o‘zlari uchun qurolga aylantirishmoqda va Ovro‘poni sindirishmoqchi", deb aytgan u Senatdagi chiqishida.

General Bridlav davlat rahbari emas.

Senatdagi qo‘mita qarshisida qariyb yarim soatlik ayni ma‘ruzasidan maqsad tahdid xavfini bo‘rttirib ko‘rsatish va shunga yarasha moliyaviy yordam olish bo‘lgani mubolag‘a emas.

Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar bugun anchayin "sovub qolgani" ham aniq, shuning uchun ham generalning bu chiqishidan foyda ham, zarar ham yo‘q.

Baribir ayni ayblov Moskva Suriyani bombalashni boshlaganidan beri G‘arb tomonidan yangrayotgan dakkilarning eng kuchlisidir.

BBC Amerika va Britaniya siyosatchilarining Rossiya hamda SSSR haqida tanqidiy chiqishlaridan bir qatorini e‘tiboringizga havola qilmoqda.

"Men o‘ylaymanki, agar bu har qanday taraqqiyotga qarshi bo‘lgan yovvoyi millat Ovro‘poning yuragiga joylashsa, bu insoniyat uchun eng yirik baxtsizlik bo‘ladi" – Lord Jon Lindherst, Britaniya parlamentida so‘zlagan nutqi, 19 iyun, 1854 yil.

O‘sha yilning 27 martida Rossiyaning janubiy hududlarga tomon ekspansiyaga qarshi bo‘lgan London va Parij Rossiya-Turkiya urushiga qo‘shiladi. Turkiya tarafida Rossiyaga qarshi asosan dengizda urushga kirishadi.

Lord Lindxerst o‘sha payt 82 yoshda edi. U jamoatchilik qarshisida juda oz paydo bo‘lar edi, ammo Britaniya siyosatining tirik "afsonasi" degan nomi bor edi.

_________________________________________________________________________

"Bolshevizmni beshikdaligidayoq bo‘g‘ib o‘ldirish kerak" – Uinston Cherchil, 1918 yil 26 noyabr, Britaniya Mudofaa vaziri

Image copyright Getty Images
Image caption "Bolshevizmni beshikdaligidayoq bo‘g‘ib o‘ldirish kerak"

O‘sha davr Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Lloyd-Jorj o‘z vazirining Dandidagi chiqishiga e‘tibor bermaydi. U Rossiyani pogromlar yurti deb sanar, bu mamlakatni qutqarish kerak emas deb hisoblardi. Ikkinchi tomondan esa, oqlarga yordam berib yana so‘nggi yuz yil davomida Britaniyaning dunyodagi yirik raqibi bo‘lgan bu imperiya tiklanishini ham istamasdi.

_________________________________________________________________________

"20 yil avval men rus xalqini yaxshi ko‘rardim. Men Rossiya o‘z muammolarini hal qiladi, mamlakat rahbariyati esa tinchliksevarlarga aylanadi va xalq irodasi bilan hukumat saylanadi deb o‘ylagandim. Ular o‘z qo‘shnilariga zug‘m qilishmaydi degan umidim bor edi. Bugun barcha umidlarim ushalmadi va yoki hali ushaladigan kun kelmadi. Bu mamlakatni dunyoda misli yo‘q diktatura boshqarmoqda" – Franklin Ruzvelt, 10 fevral, 1940 yil Kongressda so‘zlagan nutqi

Ruzveltning bu chiqishiga sabab SSSRning Finlandiyaga nisbatan amallari bo‘lgan edi.

"Qit‘amiz uzra temir parda tortildi. Bu biz ozod bo‘lishini istab kurashgan Ovro‘po emas. Rus do‘stlarimiz, urush vaqtidagi ittifoqdoshlarimizning o‘zini tutishidan bir narsani tushunib yetdim. Ruslar faqat harbiy qudrat bilan faxr qilishadi. Harbiy qudrati bo‘lmaganlarni hurmat qilishmaydi". Uinston Cherchil, 5 mart, 1946 yil

Cherchil dunyoga faqat achchiq haqiqatlarni aytishi bilan faxrlanardi. U avvaliga Olmoniya, keyin esa Sovetlar xavfidan ogohlantirgandi. Amerikada so‘zlangan ushbu nutqdan keyin unga quloq sola boshladilar. Ronald Reyganning keyinroq aytishicha, ayni shu Fulton nutqidan keyin zamonaviy G‘arb o‘rtaga chiqdi. Unga AQSh rahbarlik qilar, maqsad kommunizmni jilovlash edi.

_________________________________________________________________________

Image copyright AP
Image caption "Keling, o‘z duolarimizda totalitar tuzumlarda yashayotganlarni yod qilaylik"

"Keling, o‘z duolarimizda totalitar tuzumlarda yashayotganlarni yod qilaylik. O‘zining shaxsdan ustunligi, qolaversa barcha xalqlardan ustunligini uqtirayotgan davlat aslida o‘zida yovuzlikni mujassam etadi. Men har ikki tomonga ham yorliqlar yopishtirishga qarshiman, tarixiy faktlarga ko‘z yummaslik kerak, yovuzlik imperiyasining tajavuzkor amallarini ham...qurollanish poygasini esa faqatgina ulkan tushunmovchilik deb qaramaslik lozim". Ronald Reyganning Floridada yevangilistlar milliy assotsiatsiyasi qarshisida so‘zlagan nutqidan. 8 mart, 1983 yil.

Ana shunda boshlab "yovuzlik imperiyasi" degan ta‘rif tug‘ildi.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon