"Bozorni buzib-qurishdan amaldor foyda ko‘radi…"

Image copyright none
Image caption O‘zbekistonda bir necha bozorlar buzilmoqda

Toshkent shahar hokimiyati joriy yilda poytaxtdagi qator yirik bozorlarning buzilib, qaytadan qurilishini ma‘lum qilgan.

O‘tgan hafta Toshkentning eng qadimiy bozorlaridan Oloy bozorining oziq-ovqat va quruq meva sotiladigan qismi buzib tashlangan.

Toshkentdan olingan boshqa bir xabarlarda esa "Qo‘yliq" bozori o‘rnida turkcha andozadagi bozor qurish rejalanayotgani haqida aytiladi.

Tabiiyki, bu bozorlarni buzib-qurish arzonga tushmaydi, milliardlab so‘m sarflanadi.

O‘zbekistonda deyarli barcha sohalarda bo‘lgani kabi bu turdagi qurilishlar bilan bog‘liq jarayon shaffof emas.

O‘zbekiston bo‘ylab bozorlarni buzish va qayta qurish ishlari mustaqillikdan ko‘p o‘tmay boshlangan.

Mahalliy savdogarlar ko‘pincha rekonstruktsiya ishlaridan maqsad bozordagi rastalarni qayta sotish ekanini aytishadi.

Ammo rasmiylar qayta qurish ishlari respublikada amalga oshirilayotgan yirik bunyodkorlik loyihalarining bir qismi ekanini ta‘kidlaydilar.

BBCUZBEK ayni masalani ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarar ekan, o‘zbekistonliklarning fikrlari bilan qiziqdi.

Siz bozorlarning buzib qurilishi haqida qanday fikrdasiz? Ular aholi uchun qulaylik va farovonlik yaratmoqdami?

Bozorlarni buzish jarayonida savdogarlar va mulk egalarining manfaatlari qanchalik himoyalanadi?

Avvaliga BBCUZBEK Facebook sahifasida qoldirilgan fikr-mulohazalar bilan tanishsak.

(Aksariyat izohlar tahrirsiz berilmoqda –tah.)Oloy bozor fayzsiz edimi?

Akmal Riskiyev: Oloy bozordan 10 yildan beri fayz ketgan,narxlar Toshkentdagi boshka bozorlardan 1,5 kimmat edi.Bozor olib sotarlar va girrom sotuvchilar makoni bulib kolgan edi. 15-20 yil oldin eng arzon va axoli uchun kulay bulgan bozor endi boylar bozori bulib koldi.Sababi usha paytlarda bozorga kelib ketish uchun tramvay va avtobuslar yunalishlari olib tashlangani buldi.Bozor transport infrastrukturasi yaxshi bulganida arzonlashadi

Alisher Abdujabbarov: Dexkon bozorlaridagi olib- sotarlarni yukotish kerak. Bozor kasb emas, bozorda dexkon uzining maxsulotini sotishi kerak. Bunchalik katta bozorlar kerak emas. Dexkon bozorlarini buzib kurishdan maksad tartibga keltirish. Daromad kilayotgan lar xam bor, ular lyuboy narsadan daromad kilaverishadi. Maktabni, bogchani, kuchani, uylari buzish kurishdan xam daromad kuraverishadi. Dexkonlarni kakshatib, shaxarliklarning xakkidan urib kolib " tirikchilik" kilayotganlarni dumiga chelak boylab xaydash kerak.

Khayrulla Alid: Azizlar, rivojlanish va tarakkiyet albatta kerak. Lekin bir uylab kuraylik - balkim yukoridagi matnda aytilayetgan aynan kadimiy, xammamizga bolaligimizni eslatib turadigan, milliy uslubdagi bozor va shunga uxshash ommaviy kurilishlarimizni saklab kolganimtz lozimmikin?.. Kecha TVda Parijda yashab endi yurtiga kaytgan bir rossiyalik yulduzni Parij xakidagi suxbati guvoxi buldim. Uni aytishicha, Parijda uz shaxsiy uyini-dukonini-bogini va xokazo...larini ta‘mirlamokchi bulgan mulk egasi bir talay idoralardan yelib-yugurib xujjat tuplashi kerak ekan. Sababi bitta - Parij kadimiy, tarixiy shaxar. Parijni kadimiyligini saklab kolish shart. Azizlar, naxotki Toshkent kadimiy, tarixiy emas? Ayrimlar balkim "Nima, bozorlari bilanmi?", der. Xa! Bozorlari bilan xam! Prezidentimizga katta raxmat. Shu kishini sa‘y-xarakatlari bilan Toshkent yanada ochildi, yashnadi, yeshardi. Lekin iltimos, eski...yuk, kadimiy kurinishlardan xam biron nima xotirot bulib kolsin axir!

"Do‘kondorlaru tadbirkorlarga qiyin bo‘ldi, ammo..."

Bahar Zakirova: Buzilsin, yana chiroyli qurilsa mayli, ammo magazin egalarichi? Qanchadan qancha insonlarning puli kuyib, qilgan mehnati suvga oqdi. Ularning mehnati singan joylarni buzib tashlash yaxshi emas axir!

Narimmat Yuldashev: Eskini buzib yangini kurish azaliy odat ,xush eski bozor rastalari tor ,yulaklar odamlar utib kaytishiga nokulay xamda bugungi kun sanitariya va yongin xafvsizligiga javob bermasa ,buniing urniga yangi zamonaviy bozor kurgan makuldir. Mening uyim xam shunaka bozorlardan birining yonida ,xozir uni boshka kengrok yerga kuchirishyapti . shaxar markazida joylashgan bu bozor usha atrofda yashovchilar uchun doimiy muomalar olib keladi . ertalab soat 6dan -kech soat 7 gacha na tratuardan yurib buladi na katta yuldan ,bir tarafdan mashinalar barcha yullarni tusib kuygani yetmaganday -tratuar xamda yullarning ikki chetini nokonuniy (xujjatsiz ) savdogarlar egallab olishadi...

Farkhod Abdurakhmonov: Sharqda bozor azaldan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan joy hisoblanadi. Sharq o‘lkalarining rivojlanishiga va aholisiga baho berishda ham ko‘pincha bozorlarning arxitekturasi hamda bozorlardagi sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi muomala, oldi-sotdi qoidalariga amal qilish kabi holatlar mezon qilib olingan. Bu to‘g‘risida turli maqollar ham mavjud. Endilikda davr o‘zgarmoqda, bozorlarning o‘rnini supermarket, gipermarketlar egallamoqda, elektron savdo qilish tizimi rivojlanmoqda. Lekin shunga qaramasdan, bizda bozor hali ham o‘zining o‘rniga egadir. Bozorlarimizning zamonaviy sharq arxitekturasi asosida qayta qurilishi, rekonstruktsiya qilinishi, yangilarini bunyod etilishi, aholiga yanada keng imkoniyatlar, qulayliklar yaratilishi, shaharlarimizning yanada go‘zallashuvi bularning hammasi yaxshi albatta. Ammo gap shundaki, bu ishlar qaysi mablag‘ hisobidan amalga oshiriladi? Agarki byudjet hisobidan bo‘lsa hamki, uning manbai albatta aholi, korxona, tashkilotlarning soliq to‘lovlaridan hosil etilgan mablag‘lardir. Ushbu mablag‘larni sarflashda ustuvorlik tamoyillariga amal qilish kerak, ya‘ni zamonaviy tibbiy texnikalar yetishmayotgan, o‘qituvchi va tibbiyot xodimlarining oyliklari past bo‘lgan sharoitda, iqtisodiy infratuzilmalar yetishmayotgan bir paytda hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik muammolar ko‘ndalang bo‘lib turgan vaziyatda birinchi galda byudjet mablag‘larini, investitsiyalarni shu yo‘nalishlarga safarbar etish maqsadga muvofiqdir. Masalan, xonadoningizda farzandlaringiz to‘yib ovqatlanmasa, hovlingizning supasi betonlashtirilmagan, darvozasi o‘rnatilmagan bo‘lsa ayni paytda Siz mablag‘ingizni uyingizga basseyn qurishga sarflasangiz bu albatta mantiqsizlik va ko‘z-ko‘z qilish uchun qilingan hisoblanadi. Menimcha, bozorlarni buzib qayta qurishda ana shu yuqoridagi tamoyilni e‘tiborga olish kerak, ikkinchidan, qurilish jarayonida turli korxona va tashkilotlarni majburlab mablag‘larini yulib olish kabi holatlarga umuman yo‘l qo‘ymaslik zarur. Uchinchidan, bozorlarni buzish jarayonida savdogarlar va mulk egalarining mulkiy huquqlari, manfaatlari himoyalanishi kerak, ya‘ni ularning amaldagi binolarga qilgan xarajatlari hozirgi bozor bahosida hisoblanib, kompensatsiya qilinishi yoki ularga yangi barpo etilajak binolarga egalik qilish huquqi berilishi zarurdir. Amaliyotda ko‘pgina viloyatlarda yangi bozorlar qurilishi jarayonida bunga ahamiyat berilmaganligi, ko‘pgina tadbirkorlarning mablag‘lariga xiyonat qilinganligi, ularning da‘volari ko‘pincha javobsiz qoldirilganligi yoki qilgan xarajatlariga teng bo‘lmagan ozginagina mablag‘ berilganligi xususida ko‘pgina xabarlar tarqalgan edi. Yangi bozorlar ishga tushgandan keyin esa savdo rastalari tadbirkorlarga qaytadan sotilganligi haqida ham ko‘p gap-so‘zlar bo‘lgan. Yana bir omilni hisobga olish kerakki, bozor buzilib to yangisi qurib bitirguncha o‘sha bozorlarda kun kechirayotgan, daromad topayotgan kishilar ishsiz, mablag‘siz qolib ketadilar, yana ustiga-ustak ularning mulklariga yarasha mablag‘ berilmasa, bu insofsizlik va ayni bir paytda amaldagi qonun hujjatlarining qo‘pol buzilishi ham hisoblanadi. To‘rtinchidan, bozor qurilishi bo‘ladimi yoki boshqasimi, nima deydi davay-davay deb, shoshilinch tarzda qaysidir sanaga yakunlab topshirishni mo‘ljallab, sifat masalasi, xavfsizlik, qurilish-konstruktsiya ishlari qoidalari, tartiboti e‘tiborsiz qolishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim. Beshinchidan va eng asosiysi, qurilish jarayonida ajratilgan mablag‘lar to‘lig‘icha o‘g‘irlanmasdan, qurilish loyihasiga mos holda sarflanishini ta‘minlash darkor. Xabaringiz bor, Urganchdagi ko‘prikni qulashi natijasida yoshgina umrlar xazon bo‘lishdi, u yerda ko‘p odam to‘planganidan qat‘iy nazar ko‘prikni ikki yondagi tirgachlari mustahkam bo‘lganida u osonlikcha qulamasdi deb o‘ylayman. Endi ushbu masalada mutaxassislar balki o‘zlarining ob‘ektiv xulosalarini bergandirlar. Xulosa qilganda, har bir bunyodkorlik ishlari tom ma‘noda har bir fuqaroning hayotini yaxshilanishiga, ularga qulaylik tug‘dirishga, avvalgidan ko‘ra yengillik bo‘lishiga olib kelsagina shunda biz haqiqiy obodonlik, farovonlikka guvoh bo‘lamiz. Har qanday bunyodkorlik ortidan fuqaroning shaxsiy va xususiy mulkiga, tadbirkorning, mulk egasining yoki xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning mablag‘lariga ziyon yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik davlatning vazifasidir.

Uzbek Real: Mutaxassislarning ob‘ektiv xulosalari?...Shu gapga ishonmadim, mutaxassislar xulosasi hokimto‘raga tushadigan pul miqdoriga bog‘liq...

Farkhod Abdurakhmonov: Uzbek Real Shuning uchun men "balki" deb yozganman, chunki xulosani o‘zini ko‘rganim yo‘q.

"Sifatsiz va keraksiz qurilishlar"

Nodira Usmoniy: Xozirgi kurilishlarni sifatsiz ekanligini kup kurdik. Bu bozorlar xam machit gumbaziga uxshab bir yilda sidirilib tushmasa buldi. Xali kuramiz zomonaviy deb nima kurisharkin

Muxammad Mirzo: Xokimiyatdagilar bozor buzib bozor kurishdan nariga utolmay turibdi. Ishlayotgan bozor ishlab tursin shu pullarga korxonalar kursin tokay odamlar rossiyada ishlaydi???

Ruslan Sabirovich: Kadimda kurilgan binolar asrlar davomida turardi. Xozir xammasi "odnorazovy" bulib ketgan.Shundan kura yullarni tamirlanglar.

Nargiza Kadirova: Oloyni va Chorsuni barakasini davno uchirib bulishti. Endi kaysi bozorni gali keldi?

Aziz Xakimov: Zamon talabi bu, dunyoni rivojlangan davlatlaridan UZBEKISTONNI kayeri kam yuritimiz guzallashadi

Baxtiyer Madaminov: Oddiy savdagarlarga kiyin buladi narklar oshadi puldorlarga bilinmaydi lekin puli yuklar kiyin axvolga tushushi mumkin

Murod Davletov: Kurish albatta yaxshiku! Xar xolda zamonaviy Bozor bulsa buni nimasi yomon! Fakat kurilishga konunan yondashish kerak!

Samat Hudoyberdiev: Shu paytgacha kilingan xamma ishlar yaxshilikka bulgan xudo xoxlasa keyingi kilinadigan ishlar xam xammasi yaxshilikka!!! Xozir Xamma notugri deyishi mumkin Eski bozorlarni buzilishini lekin yangisi bitib juda xam chiroyli Va xar taraflama kulay budganidan keyin Shu yemonlaganla davlat raxbarlarimizga Raxmat aytishadi!!!

Baxrom Abduraximov: Xayot bor ekanki, buzish-qurish bo‘lishligi tabiiydir, ayniqsa yangi qurilishlar barpo etilishligi yaxshidir, AMMO !!! . Ming afsuskim ota-bobolarimiz bilibmi-bilmaymi yokim qasddanmi biz avlodlarga meros qoldirgan bir matal yo maqolu- ziyon borkim, biz bugungi kunda aynan o‘shaning iskanjasidan azob chekmoqdamiz, bir qarashda guyo oddiy va to‘g‘ridek tuyuladi, ammo shunga xozir barcha-barcha mansabdorlar tish tirnoq bilan amal qilmoqdakim, buning ziyon-zaxmati xali beri tugamas, xattokim asrlarga tatigulik bo‘lsa ajab emas. Qarang-kim, ota-bobolarimiz aytib ketishgan ekanlar, -"qo‘li tekganning og‘zi tegar"-deb. Ana shu so‘zni muqaddas bilgan jamiki mulozimlar va ularning atrofidagilar qo‘li tegmasidan og‘zi burni bilan manfaat atalmish ga kirib ketishmoqdalar-kim, u bozorni buzib qurishmi, xonadaonlarni buzib qurishmi, ko‘prik yo yo‘l qurishmi barchasidan o‘z manfaatlarida ish ko‘rmoqdalar. Buning natijasida qurilgan ob‘ektlaring sifati yomon, narxlari osmon , ana shunisi yomon. Buning azobini so‘zsiz-zabonsiz mazlum xalq chekaveradi-chekaveradi, chunkim , - "mazlum kishi -zulmga maxkumdir"!

BBCUZBEK Odnoklassniki guruhi

A Abbos: Kimga foyda kimga zarar, xamisha oddiy xalk jabr kuradi

PATRIK JOHN: O‘zbekistonda biror qurilish yoki boshqa narsa barpo qilinar ekan, davlatga foydasi bo‘lmasa qilinmaydi...Xalqqa foydami, zararmi, bu bilan hech kimning ishi yo‘q.

Abdulla Kodiriy: Bozorni kayta kurish orkali bozorni xar bir santimetrini pullashga erishish deganidir

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq