"Ot izini toy bosar..."

Image copyright AP
Image caption Hayot bu sahna...

Shekspir aytganidek, hayot bu sahna, biz esa unda aktyorlarmiz. Har birimiz kimnidir rolini o‘ynaymiz umrimiz mobaynida. Mening chekimga "dangasani" rolini o‘ynash tushibdi. Taqdirga tan berib shu mardikorni rolini bir maromda o‘rniga qo‘yib halqaro maydon bo‘lmish Rossiyaning sahnasida o‘ynab kelyapman. Lekin iqtisodiy krizis tufayli "rejisyorlar" puldan kesib ish bermay qo‘ymoqda. Shunga mana bir necha kundan beri shipga qarab yotibmiz sherigim "Professor" bilan. Uni laqabi "Professor" ekanligi - har qanda masalani sodda qilib, anekdot orqali yechib berishidir.

Shu bekor vaqtda sherigim bilan turli masalalarda ko‘p suhbat quramiz. Shu safar unga Shekspirdan iqtibos keltirib, "imkon bo‘lganda shu "Dangasani" rolini hayotda emas, kinoda hayotiy qilib o‘ynab berardim lokin", desam, "bu film allaqachon olingan. Hilol Nasimov "Ajal Jodusi" kinosida bu mavzuni qoyil qilib yoritgan", dedi u. Erinmay filmni tomosha qildim. Haqiqatda xam gap yo‘q chiqibdi.

Lekin bitta masala odamni o‘ylantirib qo‘ydi. Davlat budjeti xisobidan olingan filmdagi bosh rollarda rejissorning o‘g‘illari ekan. Bu masalani ham sherigimdan so‘radim: "A bu rejissor akam, keyingi filmlarida nepotizm (tanish-bilishchilik) haqida kino olsalar bo‘larkan" desam kinoya bilan "Professor" bunga ham gap topib berdi. "Buning sababi ota-bola bir-birlarini DNK darajasida tushunadi. Kasb mahorati ham qondan-qonga o‘tadi. Senga o‘xshagan ko‘chadan keganlar, aktyorlik kasbini baland-pastini o‘rganib ustoz ko‘rguncha qancha vaqt kerak bo‘ladi. Tasavvur qilyapsan-mi?" deb mot qildi.

"Bu nafaqat kinoda, balki boshqa soxalarda ham o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Masalan, futbol", dedi u. "Eee, qanaqa futbol..?" desam, u menga shunday dedi: "Futbolda ota erishmagan yutuqlarga farzand erishdi. Katta futbol jaxon chempionatiga hali yo‘llanma olmagan bo‘lsa, mana kichik futbol (futzal) Osiyoda kumush medal olib JCh yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ya‘ni, katta Usmonov qilolmagan ishni mana kichik Usmonov epladi" dedi "Professor". Yana qo‘shimchasiga boshqa o‘z kasbida cho‘qqilarga erishgan sulolalar misollarini keltirdi. Ulardan biri futbol sharhlovchilari - Imomxo‘jayevlardir.

Bir oz o‘ylanib, unga "sening gapingga qaraganda O‘zbekiston sharoitida nepotizm ijobiy bir narsa ekan... Unday bo‘lsa mening farzandim ham bu hayotda men kabi "Dangasaning" rolini o‘ynashi ehtimoli katta ekan-da", deb yotgan o‘rnimdan gazab bilan turib ketdim.

Bunga "Professor" pinagini ham buzmay, har doimgidek o‘ziga xos jihati bo‘lmish anekdot orqali javob berdi.

Polkovnikning o‘g‘li dadasidan, "dada, men leytenant bo‘lamanmi?" deb so‘rasa, dadasi unga "ha, albatta, bo‘lasan" debdi. Bolasi undan "dada, men polkovnik bo‘lamanmi?" degan savoliga ham "ha, albatta" debdi. Keyin farzandi "dada, men general bo‘laman-mi?" deb so‘rasa, dadasi unga qarata "generalning o‘z o‘g‘li bor" debdi...

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq