"So‘king‘och rahbarlar, boshidan sasiyotgan baliq..."

Image copyright Thinkstock

2 mart kuni Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruv organlari xodimlarining axloqiy qoidalarini tasdiqlagan.

Agar bu kabi mushtumzo‘r amaldorlar oz bo‘lsa edi, kuzatuvchilarga ko‘ra, davlat idoralari xodimlarining axloqiy qoidalarini joriy etish borasida qaror olinmasdi.

Endi bundan keyin O‘zbekistonda yaxshi axloqli bo‘lish, halol, adolatlilik, xolislik va vatanparvarlik davlat mulozimining asosiy professional tamoyillari deb ko‘riladi. Ammo ayni qarorda ham bahsli o‘rinlar mavjud.

Masalan, bu qarorda "asossiz holda o‘z qo‘li ostidagilar va fuqarolarga ruhiy va jismoniy ta‘sir o‘tkazmaslik" maslahati beriladi.

Ya‘ni, ayni maslahatning o‘zida, bundan buyon zo‘ravon amaldor o‘z qo‘li ostidagi xodimni "asosini topib" kaltaklasa va yoki so‘ksa bo‘laveradi degan tushuncha kelib chiqadi.

Xullas, so‘raganimiz hukumatning axloqiy qoidalarga doir qarori bilan bog‘liq edi.

Sizningcha, bu kabi amaldorlarni "tartibga chaqirib qo‘yish" maqsadida ekani aytilgan qaror ish beradimi?

Sizningcha, zo‘ravon va og‘ziga erk beradigan amaldorlarni qanday qilib jilovlasa bo‘ladi?

(Aksariyat izohlar tahrirsiz keltirilmoqda –tah.)

Facebook BBCUZBEK

"Urib, so‘kmasang hech kim ishlamaydi"...mi?

Farkhod Abdurakhmonov: Agarki umumiy olib qaraydigan bo‘lsak, insonlarni urish, so‘kish, haqoratlash, tahqirlash, sazoyi qilish kabi jirkanch ishlar zamonaviy dunyo hamjamiyati uchun xos bo‘lmasdan, o‘tmish tarixda, ya‘ni quldorlik va feodalizm jamiyatlariga ko‘proq xarakterli bo‘lgan... Gap shundaki, ko‘pchiligimiz nima kamchilik bo‘lmasin buni Sovetlar olib keldi, ruslar bizga o‘rgatishdi, kommunistik partiyadan qolgan illat deb o‘zimizni oqlashga urinamiz. Vaholanki, o‘sha davrlarda aksariyat rahbarlarda siyosiy madaniyat, odob-axloq ancha yaxshi edi, ular hozirgi kundagi rahbarlardan farqli o‘laroq o‘z qo‘l ostidagi kishilarga o‘zlarining shaxsiy mulklari sifatida qaramas edilar, qo‘pol muomala qilmasdilar. Men bu bilan o‘tmishni qo‘msayotganim yoki uni oqlamoqchi emasman, faqat o‘zim guvoh bo‘lgan haqiqatni yozyapman. Ayni bir paytda ushbu masalani yoritishda quyidagi nuqtalarga e‘tiborni qaratish lozim. Haqiqatda, insonlarimiz orasida yoki xodimlar o‘rtasida shundaylar borki, ular yaxshi gapni tushunmaydilar, kaltak tilini biladilar xolos. Bu kabi insonlarni zulmparvar, ishqsiz, dardsiz, g‘urursizlar deyish mumkin. Shuningdek, ko‘pchilik Sizning mansabingiz, boyligingiz, ketingizda qudratli soyaboningiz, jismoniy kuchingiz, qattiq, qo‘pol muomala qilishingizga qarab Sizni hurmat qilishi yoki rahbar bo‘lsangiz sizga hech qanday muammosiz bo‘ysunishi mumkin. Qo‘rqsa hurmat qiladi degan gap shuning uchun aytilsa kerak. Siz qanchalik odobli, xushmuomala, yumshoq tabiatli, madaniyatli inson yoki rahbar bo‘lsangiz o‘sha yuqorida sifatlangan insonlar sizni pisand etishmaydi, qo‘rqoq, bo‘sh shaxs yoki rahbarga chiqarib qo‘yishadi.

Maxkam Rasulov: Tuppa tugri oldingi amaldorlarda manaviyat va odob axlok bor edi. Xozir korruptsiya. Bu degani lavozimga erishgan mansabdor shaxs, tashkilotda ishlab yurgan yaxshi ishchilarni ishini urganish va munosibini yangi lavozimlarga saylashni urniga, atrofiga uzini karindosh urugini va tanish bilishini yigadi, unga farki yuk tanishi va karindosh urugi ish biladimi yeki yukmi. Tanishini diplomi bulsa buldi. Kachon bunday xolat tugar ekan?

Umid Abdullayev: Ayni damda yukori va kuyi tashkilotlarni urtada yuzaga keltiruvchi bosim xam aynan shu amaldorlarni ishidir. Garchi xarchand urinmaylik bunday karashlarga barxam berib bulmaydi. Sababi 1-Kilingan xakorat uchun ular uzur suramaydi, lekin chidasang ishla yokmasa arizangni yoz kabilida ish tutishadi. 2-Mazkur xolatlar yuzasidan yukori tashkilotlarga murojat kilolmaysiz, aksincha bunda uzingiz aybdor bulib chikasiz. 3-Boshlikni ushbu xarakati bokadi, siz va boshka xodimlar ustidan nazorat kilishni oson yuli bu shu tarika jazolash. 4-Ayni damda ishsizlik kiynaydi, ishizdan ayrilib kolmaslik uchun xam chidaysiz, kolaversa uz ishini mutaxasisi sukish eshitmaydi. Xulosa urnida aytish mumkinki bu xolatga chek kuyish amri maxol. Bunga ancha vakt kerak buladi.

Spitamen Abd: Buni avtoritar boshqaruv usuli deyishadi. Etika-estetika nol! Hammani urib so‘kib o‘zini ko‘rsatish, xolos. O‘sha rahbarning yonidagilar ko‘pi laganbardor, quyonyurak. Amal tegdimi, birinchi o‘rinda kibrga beriladi.

BBC haqida (lirik bo‘lmagan chekinish...)

Durbek Rizayev: nega BBC doim Uzbekiston xakida negativ makola yezaveradi? Charchamadilami ?

Ilxom Kasimov: Ularni ham bola chaqasi bor aka))) Kimlardir shunga pul ajratadi da....

Hurshid Kuchkarov: yozgani xammasi tugri gap shekilli?

Baliq boshidan sasiydi...

Gulshan Karaeva: Eskitdan bir makol bor"Balik boshidan.......", Ana shundan boshlansa ijobiy uzgarishlar buladi menimcha....

Khurshid Yuldoshev: So‘kish tepadan boshlanadi...Yuqoridan so‘kish eshitgan amaldor qo‘l ostidagilarni so‘kib xumordan chiqadi...

Muhammadbabur Hamrakulov: Yuqoridagi holatlar – so‘kish va do‘q-po‘pisa, indamaslik, qo‘rqish, bularning bari bizga qizil terrordan qolgan illatlar. Ollohga shukr, endi-endi shu illatlardan qutila boshladik. Endi rahbarlar yaxshi tomonlama o‘rnak bo‘lishlari shart!

Asqar Yeshіm: Shunday xollar kuzatiladi-ki, majbur bulasiz!

Odnoklassniki BBCUZBEK guruhi

Odinokiy Volk: Chunki baliq boshidan sasiydi...Tepadagi nafrat pastga qarab yuradi.

D A: Men boshliqlarni ayblamayman. O‘sha so‘kishlarni eshitib o‘tirgan odamlarni o‘zida ayb, deb bilaman. Axir sen kap-katta odam bo‘lsang, nega eshitib o‘tirasan haqoratni?" "Ikkinchidan bunday holat boshqa respublikalarda yo‘q ekan. Men so‘radim, tojiklar, qirg‘izlardan. Yo‘q, bizda jamoat joyida odamlarni so‘kkani qo‘rqadi, deyishdi". "Faqat qaror bilan ish bitmaydi, jazolash kerak odamlarni behurmat qiladiganlarni. Ana o‘shanda bir natija bo‘ladi.

Nargiz Abduxoliq: Chunki bizda ishsiz kolish katta muammo, korin gami oriyatdan ustunrok bulib kolyapti, usha raxbarlar xam kimni sukishni biladi...

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq