"Berlin portlashi uyushgan jinoyatchilikka bog‘liq bo‘lishi mumkin"

Image copyright EPA

Olmoniya politsiyasi Berlin shahridagi avtomobil portlashida "terrorchilik o‘tmishi" isboti yo‘qligini aytgan.

"Terrorchilik o‘tmishi bo‘lganining isboti yo‘q" deb aytgan Berlin shahri politsiyasi so‘zchisi.

15 mart kuni ertalabki ko‘chalar gavjum soatda Berlin g‘arbidagi Sharlottenburg tumanida markazga qarab borayotgan "Folksvagen Passat" rusumidagi avtomobil portlab ketgan.

Oqibatda haydovchi halok bo‘lgan.

Politsiya yon-atrofdagi uylarda istiqomat qiladigan aholidan derazalarini yopishni hamda ko‘chaga chiqmaslikni so‘ragan.

Biroq tekshiruvlar yana yangi portlash xavfi yo‘qligini ko‘rsatgan.

Portlovchi modda harakatlanayotgan avtomobilning ichki yoki chet qismida harakatga kelgan deb ko‘rilmoqda.

Boshqa hech kim jarohatlanmagan.

Berlin politsiyasi qotillik bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochgan.

Haydovchining 43 yoshda bo‘lgani aytilmoqda.

Uning ishi bundan oldin giyohvand modda tashishga aloqadorlik bo‘yicha politsiya tomonidan tergov qilingani ma‘lum bo‘lgan.

Tergovchilar bu terrorchilik amali bilan bog‘liq yoki yo‘qligi tekshirilayotganini ham xabar qilishgan.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida portlash baykerlar jinoiy guruhlari o‘rtasidagi orani ochiq qilish amali haqida gap-so‘zlar tarqalgan.

Olmoniya Ichki uyushgan jinoiy guruh faoliyati bilan bog‘liqlik ehtimoli ham tergov e‘tiborida ekanini xabar qilgan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon