Bryussel atrofida ikki qurolliga ov boshlangan

Image copyright Reuters

Belgiya poytaxtidagi aksilterror reydida uch politsiyachiga qarata o‘t ochilib yaralangani ortidan xavfsizlik kuchlari oyoqqa turgan.

Kamida qurollangan ikki shaxs qidirilmoqda.

Politsiyachilarga qarata poytaxt Bryussel janubidagi Forest degan bo‘lgada o‘q uzilgan.

Bu o‘tgan yili noyabrida 130 odam halok bo‘lgan Parij hujumlariga aloqador kishilarni qidirish maqsadidagi reyd bo‘lgan.

Jarohatlangan uch politsiyachidan birining ahvoli og‘ir ekani xabar qilinmoqda.

Ikki gumondorning tomga chiqib qochib ketgani aytilgan.

Shundan so‘ng politsiya amaliyoti boshlangan.

Ko‘chalar to‘sib qo‘yilgan, havoda tikucharlar parvoz qilmoqda.

Belgiyadagi amaliyotlarga frantsiyalik politsiyachilar ham ishtirok etayotgani haqida aytgan Frantsiya ichki ishlar vaziri.

Parij hujumlari tashkilotchilari orasida belgiyalik musulmonlar borligi aniqlangan.

Hujumchilarning aksari o‘sha kuni yoki undan keyin o‘tkazilgan reyd paytida o‘ldirilgan.

Shundan so‘ng Belgiya politsiyasi qidiruv boshlagan.

Parij hujumlarida gumon qilingan ikki belgiyalik Salah Abdusalom va Muhammad Abriniy shu paytgacha ham tutilmagan.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon