Putin Suriyadan Rossiya qo‘shinlarini chiqarishga buyurdi

Image copyright AP
Image caption Rossiya prezidenti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 martdan boshlab Suriyadan asosiy harbiy kuchlarni chiqarish haqida buyruq bergan.

"Men Mudofaa vazirligi oldiga qo‘yilgan vazifalar umuman to‘la bajarildi deb hisoblayman. Shuning uchun ertadan boshlab Suriya Arab Respublikasidagi qo‘shinlarimizning asosiy qismini olib chiqishga buyruq beraman", deb aytgan Vladimir Putin.

Rossiya rahbari bu haqda Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlari Sergey Lavrov hamda Sergey Shoygu bilan uchrashuvda aytgan.

Putinning buyrug‘i Jenevada Suriyadagi inqirozni yechish bo‘yicha muzokaralar vaqtiga to‘g‘ri kelmoqda.

Rossiya Suriya prezidenti Bashar al Assadning asosiy ittifoqchisi sanaladi.

Kremlga ko‘ra, ayni qaror bo‘yicha Suriya prezidenti ogohlantirilgan.

Rossiya Suriya urushiga kirar ekan, mamlakatdagi ziddiyatda Bashar al Assadning qo‘li baland kela boshlagandi.

Suriya hukumati bir necha mintaqalarni isyonkorlardan tortib olishgan muvaffaq bo‘lgan edi.

Putinga ko‘ra, Hmeymimdagi Rossiya harbiy bazasi va Tartusdagi bandargohi faoliyati to‘xtatilmaydi.

Uning aytishicha, har ikki joy "havodan, dengiz va yerdan" himoya ostida bo‘lishi kerak.

  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+ - BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon

Bu mavzuda batafsilroq