OI qochqinlar inqirozi bo‘yicha kelishuvga erishgan

Image copyright Reuters

Ovro'po Ittifoqi rahbarlari muhojirlar inqirozi bo‘yicha yagona mavqega kelishib olganlar. Ushbu reja 18 mart kuni Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘liga taqdim qilinadi.

Kelishuv Turkiyadan Yunonistonga borayotgan barcha muhojirlarni yana ortga qaytarishni nazarda tutadi.

Buning evaziga OI Turkiyaga moliyaviy ko‘mak va Shengen davlatlariga vizasiz kirish huquqini beradi.

Ayni paytda Olmoniya kantsleri Angela Merkel Turkiya barcha muhojirlarning huquqlari xalqaro me‘yorlarda ta‘minlanishi kerakligidan ogohlantirgan, deb xabar beradi Reyters axborot agentligi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamloqlardagi qochqinlarni ko‘chirish, kelishuvga binoan, Yunonistondan birinchi muhojir Turkiyaga qaytib borganidan keyin boshlanadi.

Biroq, muhojirlarning yangi oqimi paydo bo‘lmasdan, Ovro‘po Ittifoqi muhojirlarni Turkiyaga qaytarish tez sur‘atlarda amalga oshirilishi kerak,-deb aytgan Angela Merkel,

Litva Prezidenti Dalya Gribauskaytening fikricha, insonlarni Turkiyaga qaytarish rejasi ancha murakkab va uni amalga oshirish oson kechmaydi.

O‘z o‘rnida Bosh vazir Ahmad Dovudo‘g‘li Turkiya qochqinlar uchun ochiq qamoqxonaga aylanmoqchi emas, deb aytgan.

Bryusseldagi Bi-bi-si muxbiri Damian Grammatiksga ko‘ra, muhojirlarni Turkiyaga qaytarishda xalqaro huquq normalari buzilgani to‘g‘risida ayblovlar qarshisida qolmaslik uchun, OI Yunonistonga boshpana so‘rab murojaat qilgan har bir qochqin ishi batafsil ko‘rib chiqilishi kerakligini muhokama etganlar.

Frantsiya Prezidenti Fransua Olland muammoni yechish bo‘yicha "baxtli yakun" kafolatini berolmasligini aytgan.

2015 yil yanvaridan buyon milliondan ortiq muhojirlar qayiqlar orqali Turkiyadan Yunonistonga kirib kelganlar. 132 ming qochqin shu yilning o‘zida o‘tgan.

O‘n minglab muhojir shimoliy yo‘l yopib qo‘yilgach, Yunoniston chegaralarida to‘planib turibdi.

Dastlabki taklifga binoan, Turkiyaga bir suriyalik muhojir qaytsa, boshqa suriyalik muhojirga OI boshpana berishi aytilgandi.

Kelishuvga binoan Turkiyaga berilgan Ovro‘poga vizasiz tartib qator shartlarni nazarda tutadi.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondonbbcuzbek.com ga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.net ga kiring