Afg‘on yoshlari Navro‘zni nishonlashdan qo‘rqishadimi?

Navro‘z 3000 yildan beri yangi yilning boshlanishi sifatida bayram qilib kelinishi aytiladi.

Islom diniga e‘tiqod qiladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari, ayrim Yaqin Sharq davlatlari, Qovqoz va Afg‘onistonda ham Navro‘z keng nishonlanadi.

Ammo so‘nggi yillar Afg‘onistonda aqidaparast mullolar Navro‘zga qarshi tashviqot boshlashgan va yosh avlod orasida Navro‘zga nisbatan beqaror munosabat shakllanishiga xizmat qilishmoqda.

Bi-bi-si muxbiri Oliya Atrafiy hikoyasi

Image copyright Getty
Image caption Наврўзи олам

Afg‘oniston, Eron, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning ayrim mamlakatlarida Navro‘z nishonlanmoqda.

Men Helmandning Nad Ali tumanida voyaga yetganman.

Bolalagimizda Navro‘zni intiqib kutardik, bu qanaqadir betashvish bir bayram sifatida xotiramda qolgan.

Bizning Cha Anjir qishlog‘imiz tuman markazidan uzoqda joylashgandi.

Shunda ham Navro‘z bizni chetlab o‘tmagan.

Men bolalar bilan quvlashmachoq o‘ynaganlarimni eslayman.

Lashgar Goh tumanimiz markazi edi, Helmand daryosi labiga oilalar yig‘ilishar va “etti meva” deb ataladigan taomni baham ko‘rishardi.

Agar Gereshk tomon yo‘l olsangiz, bu yerda faqat ayollarning bayramiga duch kelardingiz.

Shialar va pushtunlarning turfa qabilalari istiqomat qiladigan bu shaharcha o‘ziga xos madaniyatga ega edi.

Bayram kuni ayollar shia va sunniylarning ziyoratgohlariga safar qilishardi.

Said Tojdor ziyoratgohiga kirishlari bilan ayollar ro‘mollari va chodirlarini yechib qo‘yishar, bayramni boshlab yuborishardi.

Navro‘z nafaqat mening viloyatim, balki qo‘shni Farah viloyatida bayram qilinardi.

Yam-yashil adirlarga 300 dan ortiq qishloqlardan ayollar yig‘ilishardi.

Pastroqda esa kurashbozlik avjiga chiqardi.

Zurmat tumanida esa Tolib musiqachilar surnay chalishardi.

Afg‘onistonning qadim an‘analari va Islomiy qadriyatlar uyg‘unlashganday edi u damlar...

Mullolar tashviqoti.
Image copyright AP
Image caption Афғонистон жанубидаги жангарилар

Ammo shu kunlar Navro‘z bayrami tatimay qolgan.

Farah viloyatida bayram arafasida adirlarga o‘ynagani chiqqan uch yoshni o‘ldirib ketishdi.

Ko‘plar Toliblardan shubha qildi...

Jangarilar Navro‘zni nishonlashga qarshi ogohlaru tahdid bilan chiqishdi.

Odamlar qo‘rqib qolishgan...

Lashgar Gohda esa ayol xudkush hujumchilar faqat xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan bog‘dagi mashvaratlariga kirib, keyin o‘zlarini portlatishadi degan mish-mishlar tarqaldi.

Ammo undan ham xatarlisi...ayrim mullalar masjidlarda Navro‘zga qarshi va‘zxonlik qilishmoqda.

Musulmonlarning faqat ikki Hayiti bor, deyishmoqda.

Bu kabi tashviqot nafaqat qishloqlardagi asosan savodsiz afg‘onlarni, balki shaharlardagi yoshlarni ham nishonga olgan.

Yoshlarning bu qadim bayramni nishonlash kerakmi yoki mullolarning aytganlariga quloq solish lozimmi deya boshlari qotgan.

Men bu masalada kichik bir tadqiqot o‘tkazmoqchi bo‘ldim.

Ya‘ni, Navro‘zni nishonlash yoshlar uchun harommi va yo...

Image caption Наврўзни енгиш осон бўлмайди...

Mening 16 yoshli o‘g‘lim “agar Imom Navro‘zni Islomga yot desa, unda biz ham bayram qilmasligimiz kerak”, dedi.

18 yoshli jiyanim esa ancha mulohazokor chiqdi.

“Agar kitobga qarasangiz, Navro‘z Islomga yot, ammo hamma o‘zi tanlashi kerak”, deydi u.

Aksariyat bu kabi “sof din” g‘oyalarini salafiylar yoyishmoqda degan fikrda.

Salafiylarning qarashi dunyo bo‘ylab yoyilmoqda...Saudiyaliklar buning uchun neftdan tushgan foydalaridan mo‘maygina pul ajratishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham tashviqot avj olgan.

Hirotda bo‘lasizmi, London va yo Helmandda Navro‘zning Islomga zidligi haqida tashviqot internet orqali sizga yetib keladi.

Bir tomondan xalqning qoniga singib ketgan Navro‘z va salafiylarning aqidaparast qarashlari o‘rtasidagi muhoraba aqlni shoshirib qo‘yadigan darajada shiddat bilan kechayotganini ko‘rish mumkin.

Boshqa tarafdan esa ...Afg‘on madaniyati va Islom bugunga qadar egiz bo‘lib kelgan.

Navro‘zni yengish oson bo‘lmaydi...

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring