Obama Kubaga tarixiy safar qildi

Image copyright Reproducao

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Barak Obama Kubaga tarixiy safarini boshlagan.

Bu AQSh Prezidentining o‘tgan 88 yil ichida Kubaga birinchi bor rasmiy safar qilishi bo‘ladi.

So‘nggi bor Kubada bo‘lgan amerikalik prezident Kaovin Kulij bo‘lib, u 1928 yilda rasmiy safar bilan kelgan edi.

Image copyright Getty

Ikki kunlik tashrifi davomida Obama Kuba rahbari Raul Kastro bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Biroq Kuba inqilobidan keyin mamlakatni boshqargan uning akasi Fidel Kastro bilan uchrashuv rejalashtirilmagan.

Obama safari kun tartibida Kubada savdo va siyosiy islohotlarni muhokama qilish turadi.

Obamaning Kubaga kelishidan bir necha soat oldin "Oq libosdagi ayollar" siyosiy mahkumlar xotinlari tomonidan tuzilgan guruh tashkil qilgan aktsiyaning o‘nlab qatnashchilari ushlangan.

Image copyright Reuters

Jurnalistlarning ta‘kidlashicha, Obamaning tashrifi Amerika-Kuba munosabatlarida keskin burilish yasaydi.

Bi-bi-sining Shimoliy Amerika bo‘yicha tahlilchisi Jon Sopelga ko‘ra, bu safarning ahamiyatini baholash shuning uchun mushkulki, bir yarim yil oldin ham AQSh Prezidentining qadami Kuba zaminiga yetishi amalga oshmaydigan ish bo‘lib tuyulgandi.

Dushanba kuni Barak Obama va Raul Kastro tantanali marosimda yonma-yon o‘tiradilar, shuningdek, birgalikda matbuot anjumani o‘tkazadilar.

Barak Obama Kuba hukumatining qanday munosabat bildirishidan qat‘iy nazar kubalik dissidentlar bilan uchrashishi oldindan ma‘lum qilingan.

Bu uchrashuvda siyosiy mahkumlarning ayollari ham ishtirok etishlari kutiladi.

Kubaliklar Obamaning tashrifini katta qiziqish bilan kutib olganlar.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi rasmiy va diplomatik munosabatlar o‘rnatishda sezilarli siljish bo‘lgan bo‘lsa ham, Amerika-Kuba munosabatlari to‘liq izga tushib ketishi haqida gapirishga hali erta, deb aytadi Bi bi si tahlilchisi Jon Sopel.

Amerikaning Kubaga 54 yil oldin kirgizgan iqtisodiy embargosi hamon amal qiladi. Jazo choralari kongressdagi ovoz berish bilan bekor qilinishi mumkin.

Kuba Amerikaning Guantanamodagi dengiz harbiy bazasi tomonidan ishg‘ol qilinganidan norozilik bildirib keladi.

2014 yil dekabrda Barak Obama va Raul Kastro 1959 yildan beri amalda to‘xtab qolgan munosabatlarni iliqlashtirishni boshlashga kelishgandilar.

1959 yil Fidel Kastro va uning safdoshlari Kubada amerikaparst hokimiyatni ag‘darib tashlagandi.

O‘tgan yil AQSh va Kuba o‘rtasida telekommunikatsiya sohasida bir qator loyihalar imzolangan, doimiy tijoriy aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishilgan hamda atrof muhit va xavfsizlik masalalarida hamkorlikni kengaytirishni ma‘qullagandilar.

17 mart kuni Obamaning Kuba Prezidentiga maktubi Kuba inqilobidan keyin amalga oshirilgan dastlabki pochta aviareysi bilan manzilga yetkazilgan.

Kubada ikki mehmonxona ochishga kelishgan Starwood Hotels & Resorts Worldwide 1959 yildan buyon birinchi bor Kuba hukumati bilan shartnoma imzolagan amerika shirkati bo‘lgan.

2015 yilda AQSh Gavanada yana elchixonasini ochgan, bir oydan so‘ng Kuba ham Vashingtonda o‘zining elchixonasi faoliyatini boshlagan.

Obama e‘lon qilgan rejalar orasida Kubani terrorizmni moliyalashtiradigan davlatlar ro‘yxatidan chiqarish, Kubaga amerikalik fuqarolarning borishini yengillashtirish, moliyaviy cheklovlarni kamaytirib, telekommunikatsiya aloqalarini oshirish va savdo embargosini bekor qilish bo‘yicha harakatlarni tezlashtirish kabilar bor.

AQShning Kuba bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarni normallashtirish choralari Rim Papasi Frantsiskoning bevosita aralashuvi ortidan yuz bergan.

Obama safari vaqtida Kuba inqilobi rahbari Fidel Kastroning Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashuvi belgilangani Kuba Kommunistik partiyasi rahbariyati bir xil fikrda emasligini ko‘rsatadi.

Kubadagi ommaviy axborot vositalari Fidel Kastro va Nikolas Maduro suratlarini bosishgan.

So‘nggi bor Kubaga kelgan amerikalik prezident Kaovin Kulij bo‘lib, 1928 yilda kelgan edi.

Ikki kunlik tashrifi davomida Obama Kuba rahbari Raul Kastro bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Biroq Kuba inqilobidan keyin mamlakatni boshqargan uning akasi Fidel Kastro bilan uchrashuv rejalashtirilmagan.

Obama safari kun tartibida Kubada savdo va siyosiy islohotlarni muhokama qilish turadi.

Image copyright AP

Obamaning Kubaga kelishidan bir necha soat oldin "Oq libosdagi ayollar" siyosiy mahkumlar xotinlari tomonidan tuzilgan guruh tashkil qilgan aktsiyaning o‘nlab qatnashchilari ushlangan.

Jurnalistlarning ta‘kidlashicha, Obamaning tashrifi Amerika-Kuba munosabatlarida keskin burilish yasaydi.

Bi-bi-sining Shimoliy Amerika bo‘yicha tahlilchisi Jon Sopelga ko‘ra, bu safarning ahamiyatini baholash shuning uchun mushkulki, bir yarim yil oldin ham AQSh Prezidentining qadami Kuba zaminiga yetishi amalga oshmaydigan bo‘lib tuyulgandi.

Dushanba kuni Barak Obama va Raul Kastro tantanali marosimda yonma-yon o‘tiradilar, shuningdek, birgalikda matbuot anjumani o‘tkazadilar.

Barak Obama Kuba hukumatining qanday munosabat bildirishidan qat‘iy nazar kubalik dissidentlar bilan uchrashishi oldindan ma‘lum qilingan.

Bu uchrashuvda siyosiy mahkumlarning ayollari ham ishtirok etishlari kutiladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi rasmiy va diplomatik munosabatlar o‘rnatishda sezilarli siljish bo‘lgan bo‘lsa ham, Amerika-Kuba munosabatlari to‘liq izga tushib ketishi haqida gapirishga hali erta, deb aytadi Bi bi si tahlilchisi Jon Sopel.

Image copyright Reuters

Amerikaning Kubaga 54 yil oldin kirgizgan iqtisodiy embargosi hamon amal qiladi. Jazo choralari kongressdagi ovoz berish bilan yuyekor qilinishi mumkin.

Kuba Amerikaning Guantanamodagi dengiz harbiy bazasi tomonidan ishg‘ol qilinganidan norozilik bildirib keladi.

2014 yil dekabrda Barak Obama va Raul Kastro 1959 yildan beri amalda to‘xtab qolgan munosabatlarni iliqlashtirishni boshlashga kelishgandilar. 1959 yil Fidel Kastro va uning safdoshlari Kubada amerikaparst hokimiyatni ag‘darib tashlagandi.

O‘tgan yil AQSh va Kuba o‘rtasida telekommunikatsiya sohasida bir qator loyihalar imzolangan, doimiy tijoriy aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishilgan hamda atrof muhit va xavfsizlik masalalarida hamkorlikni kengaytirishni ma‘qullagandilar.

17 mart kuni Obamaning Kuba Prezidentiga maktubi Kuba inqilobidan keyin amalga oshirilgan dastlabki pochta aviareysi bilan manzilga yetkazilgan.

Kubada ikki mehmonxona ochishga kelishgan Starwood Hotels & Resorts Worldwide 1959 yildan buyon birinchi bor Kuba hukumati bilan shartnoma imzolagan amerika shirkati bo‘lgan.

2015 yilda AQSh Gavanada yana elchixonasini ochgan, bir oydan so‘ng Kuba ham Vashingtonda o‘zining elchixonasi faoliyatini boshlagan.

Obama e‘lon qilgan rejalar orasida Kubani terrorizmni moliyalashtiradigan davlatlar ro‘yxatidan chiqarish, Kubaga amerikalik fuqarolarning borishini yengillashtirish, moliyaviy cheklovlarni kamaytirib, telekommunikatsiya aloqalarini oshirish va savdo embargosini bekor qilish bo‘yicha harakatlarni tezlashtirish kabilar bor.

AQShning Kuba bilan diplomatik va iqtisodiy munosabatlarni normallashtirish choralari Rim Papasi Frantsiskoning bevosita aralashuvi ortidan yuz bergan.

Obama safari vaqtida Kuba inqilobi rahbari Fidel Kastroning Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashuvi belgilangani Kuba Kommunistik partiyasi rahbariyati bir xil fikrda emasligini ko‘rsatadi.

Kubadagi ommaviy axborot vositalari Fidel Kastro va Nikolas Maduro suratlarini bosishgan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondonbbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq