Juzjoniy: Navro‘z Islomga zid emas

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Co‘nggi yillarda Afg‘onistonda aqidaparast mullolar Navro‘z bayramiga qarshi tashviqot boshlashgan va yosh avlod orasida Navro‘zga nisbatan beqaror munosabat shakllanishiga xizmat qilmoqdalar.

Asrlar davomida Markaziy Osiyo xalqlari hozirgi melodiy taqvim bo‘yicha 20- yoki 21-mart kunini bahor faslining birinchi kuni sifatida ko‘rib kelganlar, bahorgi kun va tun soat va soniyalarining tengligi yangi yil boshlanishi sifatida qarab kelingan.

Oxirgi paytlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham "Navro‘z bizning bayramimiz emas, Navro‘z Islomga zid" deb qaraydigan insonlarning soni ham ko‘payayotgani kuzatiladi.

Image copyright ugc

"Markaziy Osiyo Islom fiqhi borasida ham dunyoga tanilgan olimlarni yetkazib bergan mintaqa hisoblanadi va bu mintaqadan chiqqan birorta ham olim Navro‘zning Islom diniga zid ekani haqida yozmagan", deydi Islom huquqshunosligi bo‘yicha kitob va maqolalar muallifi, Afg‘onistonda Oliy sud raisi, Adliya vaziri, Bosh prokurori lavozimlarini egallagan olim Abdulhakim Shar‘iy Juzjoniy.

  • Би-би-си Ўзбек хизмати билан Whatsapp, Telegram ва Viber орқали боғланишни истасангиз,телефонимиз:+44 78-58-86-00-02.
  • ТЕЛЕГРАМДА ЭСА каналимиз - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBE
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondonbbcuzbek.comга тўсиқ бўлса,
  • uzbekweb.netга киринг