Xonandalar davlat tilini bilishi shartmi?

Qo‘shiqchi Rayhonning o‘zbek tilini nega bilmasligi haqida bergan izohidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda bahslar avj olgan.

Rayhonning - men bog‘chada ham, maktabda ham, oliy o‘quv yurtida ham rus tilida o‘qiganman. Uyda rus tilida gaplashganmiz. Do‘stlarim ham rus tilida gaplashishadi. Men o‘zbek tilini o‘rganish yoshidan o‘tdim, degan mazmundagi fikrlari qizg‘in muhokamalar mavzusiga aylangan.

Ayni paytda qo‘shiqchi davlat tilini bilishi kerak yoki yo‘qligi to‘g‘risida turli fikrlar yangramoqda.

O‘zbekistonlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar uchun xos xususiyat, ochiq aytishga xavotirlanadigan mavzulardan farqli o‘laroq, qo‘shiqchilarning til bilmasligiga taaluqli postlar ostida ko‘plab izohlar qoldirilgan.

Bundan oldin xonanda Lolaning ochiqroq kiyimi ham internetda keng muhokama qilingan edi.

Qo‘shiqchilarning davlat tilini bilmasligi faqat Rayhonga emas, Shahzoda, Lola kabi boshqa xonandalarga ham tegishliligi eslanadi bu safar ham.

Ushbu qo‘shiqchilarning o‘zbek tilini bilmasligini qoralaganlar bilan birga ular bilan bog‘liq vaziyatni tushunishga chorlovchilar ham bo‘lgan.

Jumladan, Toshkentda o‘zbek tilidan ko‘ra rus tilida o‘qiganlarning kelajagi bor, deb qaraydiganlar ko‘pligi aytiladi. Chunki rus tilini o‘rganib dunyoga chiqishi mumkin, o‘zbek tili bilan nimaga erisha oladi, degan fikr ustun ularda.

Biroq o‘zbekistonlik tarixchi Anvar Nazir Rayhonni til bilmasligini ahamiyatsiz, deb ataganlarga nisbatan Feysbukda keskin fikrlar qoldirgan:

"Yoshlardan xafa bo‘lishni hech hojati yo‘q! Mana bu opa, yosh qizga o‘xshamaydi. Rayhon G‘aniyeva O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonli "san‘atkor" o‘zbek tilini bilmasligini ochiq-oydin tan olgani o‘sha sahifadagi o‘zbeklarda mantiqiy norozilik uyg‘otdi. Ona tilini bilish va hurmat qilish har bir o‘zini hurmat qilgan o‘zbek uchun normal hol. Faqat shu noroziliklarga qarshi mana shu opa mana bunaqa gaplarni yozdi, deya Nargiza Mahkamova ismi shariflik teatrshunosning yozganlarini misol keltiradi:

"Qayerdan chiqdi bu razillik?! Nima O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist bo‘lish uchun o‘zbek tilini bilishi shartmi? Iste‘dod, iqtidor, xalq orasida muhabbat kabi fazilatlar hisobga olinmaydimi? Bunday gaplardan natsional-shovinizm va ekstremizmning hidi kelib turibdi. Uyat sizlarga!"- deydi Nargiza Mahkamova.

Ba‘zi foydalanuvchilarning fikricha, odamlarning ma‘naviyati hali ham o‘zgargani yo‘q. Milliylikni tiklash uchun hech qanday ish qilinmayapti hisob.

Shu o‘rinda Zailobidin Sirozhitdinov Gulnora Karimovani tilga oladi. "Baliq boshidan ayniydi. Gulnora bilmagan o‘zbek tilini bu otarchilardan qanday talab qilib bo‘ladi" deb yozadi.

Taniqli fotograf Umida Ahmedova esa: "O‘zbek tilini davlat tili bo‘lgani uchun emas ona tilimiz bo‘lgani uchun bilish kerak!" Adashmasam, kushikchi Gugusha xam uzbek tilida aytmagan! Men Rayhonni muxlisi emasman,nafaqat Rayhonni... "Fonogrammadan foydalanadi" degan yozuvni ko‘rishing bilanoq ensang qotadi)"mani yerim toshkanli" degan qo‘shiqlarni eshitsang, nemis tilida aytmaydimi, deb o‘ylaysan kishi). Ishqilib, bu forumdan keyin yana " do‘ppini o‘rniga kalla "bo‘lib ketmasa bo‘lgani, deb qayd etadi.

Menimcha, Rayhon xamma aytgan ashulalaridan so‘zlarni yodlaganda, buyoqqacha o‘zbek tilini o‘rganib olardi. Buni hatto 5 yashar bola bajara oladi. Fikrimcha bu yerda yolg‘on bor: yoki Rayhon o‘zbek tilini biladi, lekin psevdoimij uchun bilmaganlikka oladi, yoki u rostdan xam o‘rganishga uquvsiz, deb yozadi Nomanjan Asrankulov.

Aksariyat ijtimoiy tarmoq faollarining fikricha, qo‘shiqchi, artistlarning davlat tilini bilmasligi jiddiy masala, buni muhokama qilish vaqti allaqachon kelgan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondonbbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring