Olmoniya Karimovni inson haqlariga amal qilishga chaqirdi

Prezident Islom Karimov 30 mart kuni Olmoniya Tashqi Ishlar vaziri va O‘HHT ning raisi Frank Valter Shtaynmayyer bilan uchrashgandan so‘ng, O‘zbek-Olmon hamkorligidan mamnun ekanligini izhor etgan.

Frank-Valьter Shtaynmayyer Islom Karimovni mamlakatda inson haqlari bilan vaziyatni yaxshilashga chaqirdi, deb xabar beradi Olmoniyaning Deutsche Welle nashri.

Bundan tashqari janob Shtaynmayyer Berlin Toshkent bilan mamlakat ichki siyosiy vaziyat to‘g‘risida ochiq muloqotdan manfaatdorligini bildirgan.

Janob Shtaynmayyer Markaziy Osiyoning uch respublikasiga safari doirasida kecha Toshkentga tashrif buyurgandi.

Olmoniya rasmiysi Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Karimov va parlament a‘zolari bilan ham uchrashgan.

Uchrashuvda madaniy-insonparvarlik aloqalarini rivojlantirish, birgalikdagi ta‘lim loyihalari, mintaqaviy va xalqaro ruhdagi mavzular muhokama etildi, deb xabar beradi O‘zbekiston televideniyesi.

Ayni paytda hukumatga nisbatan tanqidiy mazmundagi maqolalarga urg‘u beruvchi Uzmetronom.com sayti "uchrashuvda asosiy mavzu insonparvarlik ruhida bo‘lib, siyosiy, fuqarolik va diniy erkinliklarga amal qilish bo‘ldi. Biroq O‘zbek tomoni OHHT raisining tashrifini ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlash va kengaytirish dalili sifatida taqdim etgani voqelikka to‘g‘ri kelmaydi", deb yozdi.

Frank Shtaynmayyer bugun, 31 mart kuni Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev, Tashqi Ishlar vaziri Erlan Abdildayev va parlament vakillari bilan uchrashish uchun Bishkekka boradi.

Uchrashuvda mudofaa va xalqaro munosabatlar, xususan Markaziy Osiyodagi vaziyat, mintaqaviy xavfsizlik doirasida Qirg‘iziston-OHHT hamkorligi va terrorizmga qarshi kurash muhokama qilinishi kutiladi.

Ovro‘poning yuqori lavozimli mulozimi Bishkekdan so‘ng Dushanbega o‘tib, Prezident Imomali Rahmon bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Olmon vaziri Markaziy Osiyoga safari oldidan mintaqaning strategik ahamiyatini urg‘ulagan.

“Mintaqaga nisbatan xalqaro e‘tibor ikkinchi darajali qabilida bo‘lib kelgan, ammo ayni shu mintaqada Rossiya, Xitoy va Eron manfaatlari to‘qnash keladi. Mintaqaning iqtisodiy imkoniyatlari ulkan, shu bilan birga xavfsizlik tahdidlariga ko‘z yummasligimiz kerak”, deb aytgan Frank-Valter Shtaynmayyer.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype – uzbekbbclondonbbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring

Bu mavzuda batafsilroq