Bryussel aeroporti faoliyatini qayta boshlagan

Image copyright EPA

22 martdagi portlashlardan keyin ilk bor Bryusselning Zaventem aeroporti o‘z faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilganini e‘lon qilgan.

Havo qo‘nalg‘asi faoliyati to‘la emas, qisman tiklanayotgani aytilgan.

3 aprel kuni "Zaventem"dan Brussels Airlines aviashirkatining uchoqlari Faroga, Afina va Turin shaharlariga parvoz qilishi xabari tarqatildi.

Aeroportda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

30 dan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan aeroport zali va Bryusselning "Maalbek" metro bekatidagi portlashlardan keyin "Zaventem"da yo‘lovchi parvozlari to‘xtatilgan, binoga yetkazilgan shikast o‘rganilgan va shundan keyin havo qo‘nalg‘asi faoliyati qayta tiklanishi haqida aytilgan edi.

Ayni paytda Belgiya rasmiylari hujumlarga laoqador uchinchi gumondor shaxs hibsga olingani haqida xabar berganlar.

Faqat Y A deb taqdim qilinayotgan shaxsning Frantsiyadagi hujumlarga aloqasi bor deb ko‘rilayotgani aytilgan.

"Zaventem" aeroporti faoliyatini 1 aprel kuni qayta boshlashga qaror qilingan edi.

Biroq politsiya xodimlarining aeroport binosida yetarli xavfsizlik choralari ta‘minlanmagani yuzasidan bildirgan noroziliklari tufayli parvozlar yana ikki kunga kechiktirilgan.

Xabar qilinishicha, politsiya xodimlarining kasaba uyushmasi "Zaventem"dagi xavfsizlik darajasi ko‘ngildagidek emasligi haqida bir emas, bir necha marta bayonot bilan chiqqan.

Xususan, butun mamlakatda xavfsizlik choralari kuchaytirilganiga qaramasdan, aeroport binosiga kirish joyida metall qidirgich yoki portlovchi moddani aniqlashga yordam beradigan uskunalar o‘rnatilmaganidan shikoyat qilingan.

Bryusseldagi hujumlar uchun mas‘uliyatni o‘zini "Islomiy Davlat" deb ataydigan guruh zimmasiga olgan.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,
  • uzbekweb.netga kiring.

<

Bu mavzuda batafsilroq