"Panama hujjatlari"da FIFA rahbarining nomi qalqib chiqdi

Image copyright Getty
Image caption Janni Infantino

"Panama hujjatlari"dan ayon bo‘lishicha, Xalqaro Futbol Federatsiyasi - FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino pora berishda ayblangan biznesmenlar bilan bitim tuzgan.

Bu hujjatlarga ko‘ra, UYEFA da rahbarlaridan biri lavozimini egallab turib, Chempionlar Ligasi o‘yinlarini translatsiya qilish huquqi to‘g‘risidagi shartnomani ikki biznesmen Ugo va Mariano Xinkislar bilan imzolagan. Ular translatsiya qilish huquqini dastlabki narxidan uch baravar baland bahoda sotganlar.

Biroq shartnomani imzolayotib, Infantino biror bir qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygani haqida biror bir dalil yo‘q. Oldinroq UYEFA argentinalik ikki biznesmen Ugo Xinkis va uning o‘g‘li Mariano bilan biror bir aloqa borligini inkor qilgandi. Bu ikki biznesmenga keyin AQShda qator futbol o‘yinlarini teletranslyatsiya qilish huquqidan qonunga zid ravishda foydalanganlik ayblovi ilgari surilgan.

FIFAning yuqori lavozimli mulozimining Bi-bi-siga bildirishicha, "Panama hujjatlari" mazmuni axloq bo‘yicha qo‘mitaning chuqur tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak.

Ayni paytda Argentinada bo‘lgan Ugo va Mariano Xinkisga AQShga ekstraditsiya etilish xavfi mavjud.

Gap nimada?

2015 yil may oyida Amerika prokurorlari ta‘kidlashicha, Cross Trading shirkatiga egalik qilgan Xinkislar bir necha yillar mobaynida Janubiy Amerika futbol vakillariga qator futbol musobaqalari namoyishi huquqini arzon narxda olish va so‘ngra bu huquqni katta daromad keltiradigan narxda sotish uchun millionlab dollar pora berib kelganlar.

Janni Infantinoning ismi sharifi Ovro‘po chkmpionlari ligasining 2006-2007 va 2008-2009 yil mavsumidagi o‘yinlarini Ekvadorda translyatsiya qilish bo‘yicha Cross Trading bilan tuzilgan shartnomada keltiriladi.

Tinch ummonidagi mittigina Niue orolida tuzilgan Cross Trading offshor shirkati bu huquq uchun 111 ming dollar to‘lagan. "Panama hujjatlari"ga ko‘ra, u bu huquqni Ekvadorning Teleamazonas teleshirkatiga 311 170 dollarga pullaydi.

Cross Trading shuningdek, UYEFA ning super kubogi uchun translyatsiya huquqiga 28 ming dollar to‘lagan, so‘ngra uni Teleamazonasga 126 200 dollarga sotgan.

Biroq hech kim Infantino Cross Trading bilan 2006 yilda imzolangan shartnoma uchun pora olgani va Teleamazonas qandaydir jinoiy faoliyatga aloqadorligi haqida dalil keltirolmaydi.

O‘sha paytda Infantino UYEFAning huquqiy bo‘limini boshlig‘i bo‘lgan.

Cross Trading shuningdek, FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mita a‘zosi, keyin xuddi shu qo‘mita tomonidan tekshirilgan Xuan Pedro Damiani bilan aloqasi bo‘lgan.

UYEFA nima deydi?

UYEFA ning ta‘kidlashicha, Cross Trading bilan tuzilgan barcha shartnomalar hech bir qonunni buzmagan.

UYEFA vakiliga ko‘ra, translyatsiya huquqi ochiq tanlovlar doirasida qo‘lga kiritilgan.

Uning so‘zlariga binoan, translyatsiya huquqlari bilan keyin nima yuz bergani UYEFAga taaluqli emas.

Bundan tashqari UYEFA qayd etadiki, chempionlar ligasi o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqi bo‘yicha yuzlab shirkatlar bilan shartnoma imzolanadi. UYEFAga arzimagan daromad olib kelgan Cross Trading shirkati ham shundaylardan biri xolos.

Umuman olib qaraganda bu xabarlar Infantinoning bilan birga FIFAning ham obro‘siga putur yetkazadi.

Korruptsiya janjali qarshisida qolgan tashkilot uchun oxirgi kunlardagi ikkinchi yomon xabar hisoblanadi.

FIFA ning axloq bo‘yicha qo‘mitasi Xuana Pedro Damianining poraxo‘rlikda gumon qilinayotgan yana bir futbol amaldori Euxenio Figueredo bilan aloqalarini o‘rganadi.

Savollar yo‘q

Infantino 2016 yil 26 fevralda korruptsiya janjallari orqasidan ketgan Zepp Blatterning o‘rniga FIFA rahbarligiga caylangandi.

FIFA rahbarligini qabul qilgan tashkilot imijini tiklashga va‘da bergandi.

  • Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz,telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,uzbekweb.netga kiring.

Bu mavzuda batafsilroq